O‘zbekiston-Tojikiston o‘yinini qayerda onlayn tomosha qilish mumkin?

© Sputnik/Abdubakir YunusovFutbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
“CAFA Nation’s Cup 2023” musobaqasi doirasida O‘zbekiston jamoasi Tojikistonga qarshi maydonga tushadi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup 2023” musobaqasi doirasidagi uchinchi o‘yini ertaga, 17-iyun kuni, bo‘lib o‘tadi.
“Oq bo‘rilar” Tojikiston termasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 20:30 da boshlanadi. SPORT telekanali bahsni jonli efirga uzatadi.
Bu bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.
O‘yinning eng qiziq lahzalarini Sputnik Telegram-kanalida kuzatib borishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda O‘zbekiston vakillari O‘monga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Turkmanistonga qarshi kechgan ikkinchi o‘yin 2:0 hisobida “oq bo‘rilar” foydasiga hal bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0