O‘zbekiston va Qatar madaniyat sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

© Ministerstvo kulturi i turizma Respubliki UzbekistanOzodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
Ozodbek Nazarbekov Qatarda ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan memorandumda belgilangan rejalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Qatar davlati amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-6-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif chog‘ida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida Madaniyat sohasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuvlar amaliy ijrosi o‘laroq, shu kunlarda Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Qatarning madaniyat vaziri Abdulrahmon bin Hamad Al-Soniy taklifiga ko‘ra, ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘lib turibdi.
© Ministerstvo kulturi i turizma Respubliki UzbekistanOzodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Ozodbek Nazarbekov
Tashrif doirasida vazir Doha xalqaro kitob ko‘rgazmasida qatnashadi, ikki davlat o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumida belgilangan rejalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, bir qator madaniy obyektlar faoliyati bilan tanishadi.
Yangiliklar lentasi
0