https://oz.sputniknews.uz/20230616/mdh-ozbekiston-prezident-saylov-kuzatuvchi-36020586.html
MDH O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini kuzatishni boshladi
MDH O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini kuzatishni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
MDH kuzatuvchilari missiyasi mamlakatda saylovoldi tashviqoti o‘tkazilishini monitoring qilishda o‘ninchi bor ishtirok etmoqda.
2023-06-16T15:44+0500
2023-06-16T15:44+0500
2023-06-16T15:44+0500
siyosat
o‘zbekiston
mdh
saylovlar
o‘zbekistonda prezident saylovi
markaziy saylov komissiyasi
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36021238_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_7644925d8f53ed1f14e1f0627d5bf26b.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilari O‘zbekiston prezidenti saylovi jarayonini kuzatish bo‘yicha ish boshladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi mutbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari prezident saylovida MDH ijroiya qo‘mitasining saylovlarni kuzatish missiyasi vakillari bilan uchrashdi. MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshlig‘i Yevgeniy Kozakning ta’kidlashicha, kuzatuvchilar missiyasi mamlakatda saylovoldi tashviqoti o‘tkazilishini monitoring qilishda o‘ninchi bor ishtirok etmoqda.Bugundan boshlab missiya shtab-kvartirasi va uzoq muddatli kuzatuvchilar ish boshladi.Baxrom Kuchkarov o‘z so‘zida O‘zbekistonda saylov o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi va 10 784 ta saylov uchastkasi tuzilganini qayd etib o‘tdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi muddatidan ilgari prezident saylovida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilari missiyasiga MDH bosh kotibi Sergey Lebedev rahbarlik qilishi ma’lum qilingan edi. O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36021238_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_8e6aa87429169c9ac8c8d806cbd5e213.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston mdh saylov prezident saylovi
o‘zbekiston mdh saylov prezident saylovi
MDH O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini kuzatishni boshladi
MDH kuzatuvchilari missiyasi mamlakatda saylovoldi tashviqoti o‘tkazilishini monitoring qilishda o‘ninchi bor ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilari O‘zbekiston prezidenti saylovi jarayonini kuzatish bo‘yicha ish boshladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi mutbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari prezident saylovida MDH ijroiya qo‘mitasining saylovlarni kuzatish missiyasi vakillari bilan uchrashdi.
MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshlig‘i Yevgeniy Kozakning ta’kidlashicha, kuzatuvchilar missiyasi mamlakatda saylovoldi tashviqoti o‘tkazilishini monitoring qilishda o‘ninchi bor ishtirok etmoqda.
Bugundan boshlab missiya shtab-kvartirasi va uzoq muddatli kuzatuvchilar ish boshladi.
“Biz saylovoldi tashviqotini kuzatamiz, fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilishga doir murojaatlari va arizalarini ko‘rib chiqish vakolatiga kiruvchi davlat organlari vakillari bilan uchrashamiz. Nafaqat poytaxtda, balki butun respublikada saylov jarayoni qanday tashkil etilgani bilan tanishish uchun respublika hududlariga ham tashrif buyuramiz. Bundan tashqari, saylov kuni bevosita ovoz berish jarayonini kuzatuvchi qisqa muddatli kuzatuvchilarimiz uchun hujjatlarni tayyorlaymiz”, deydi Kozak.
Baxrom Kuchkarov o‘z so‘zida O‘zbekistonda saylov o‘tkazish uchun 14 ta saylov okrugi va 10 784 ta saylov uchastkasi tuzilganini qayd etib o‘tdi.
“39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi. Matbuot markazi faoliyatini ham yo‘lga qo‘ydik, saylov kampaniyasini yorituvchi jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha faol ish olib borapmiz”, deydi Baxrom Kuchkarov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi muddatidan ilgari prezident saylovida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilari missiyasiga MDH bosh kotibi Sergey Lebedev rahbarlik qilishi ma’lum
qilingan edi. O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi 9-iyul kuniga
belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari
bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi
tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan
Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari
Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan
boshlangan.