https://oz.sputniknews.uz/20230616/import-mashinalar-bojxona-tolovlari--36031726.html
Import mashinalar uchun bojxona to‘lovlari keskin kamaytirilmoqda
Import mashinalar uchun bojxona to‘lovlari keskin kamaytirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo‘lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.
2023-06-16T20:07+0500
2023-06-16T20:07+0500
2023-06-16T20:13+0500
iqtisod
import
bojxona boji
mashina
avtomobil
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1b/21962064_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_db006e4b3e5734929f0274339ba4b5a8.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.Unga ko‘ra, aholini hamonbop yengil avtotransport vositalari bilan ta’minlash maqsadida 2026-yil 1-yanvarga qadar, O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi yengil avtotransport vositalarini (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari qo‘llaniladi:Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo‘lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1b/21962064_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_35e53b59f2568622332cb6723285762f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rastamojka import bojxona boji prezident qarori
o‘zbekiston rastamojka import bojxona boji prezident qarori
Import mashinalar uchun bojxona to‘lovlari keskin kamaytirilmoqda
20:07 16.06.2023 (yangilandi: 20:13 16.06.2023) Prezident ayrim toifadagi mashinalar uchun bojxona to‘lovlarini keskin kamaytirish bo‘yicha uzoq kutilgan qarorni imzoladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA
xabar bermoqda. Unga ko‘ra, aholini hamonbop yengil avtotransport vositalari bilan ta’minlash maqsadida 2026-yil 1-yanvarga qadar, O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi yengil avtotransport vositalarini (TIF TN kodlari 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) olib kirishda bojxona bojlarining quyidagi stavkalari qo‘llaniladi:
dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 000 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun - nol stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSh doll/kub sm);
dvigatel silindrlarining ish hajmi 1 200 sm kubdan oshmaydigan yangi yengil avtotransport vositalari uchun - 5 foizli stavkasi (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSh doll/kub sm).
Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo‘lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.