https://oz.sputniknews.uz/20230616/gazprom-qazaqgaz-ozbekiston-gaz-36021036.html
“Gazprom” va “QazaqGaz” O‘zbekistonga gaz yetkazib beradi
“Gazprom” va “QazaqGaz” O‘zbekistonga gaz yetkazib beradi
Sputnik O‘zbekiston
“Gazprom” boshqaruv raisi Aleksey Miller bilan uchrashuvda “Gazprom” va “QazaqGaz” o‘rtasida Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilariga yetkazib berishga oid shartnoma imzolandi
2023-06-16T15:23+0500
2023-06-16T15:23+0500
2023-06-16T15:23+0500
iqtisod
gaz
gaz ittifoqi
rossiya
o‘zbekiston
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36020860_0:0:3357:1889_1920x0_80_0_0_df8f6312a240b923978f53d766e4af29.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiyaning “Gazprom” va Qozog‘istonning “QazaqGaz” kompaniyalari Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilariga yetkazib berishga oid shartnoma imzoladi. Hujjat Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) imzolandi, deb xabar berdi Qozog‘iston Energetika vazirligi.Tomonlar, shuningdek, gaz yetkazib berish, qayta ishlash va tashish sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishgan.Qozog‘iston va Rossiya energetika vazirlari Rossiya nefti tranziti bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlarni hajmlarni 10 million tonnagacha oshirib, 2033-yil oxirigacha uzaytirishgan.Avvalroq Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berishdan ham daromad olashi, ham bu hududda energetika ta’minoti yaxshilanishini ma’lum qilgan edi.2023 yil yanvar oyida “Gazprom” va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolangan edi. 30-may kuni “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish masalasini muhokama qilishgandi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/10/36020860_0:0:2697:2022_1920x0_80_0_0_2a2777f8cd407f6073408deed29cd10c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“gazprom” “qazaqgaz” o‘zbekiston gaz shartnoma
“gazprom” “qazaqgaz” o‘zbekiston gaz shartnoma
“Gazprom” va “QazaqGaz” O‘zbekistonga gaz yetkazib beradi
“Gazprom” va “QazaqGaz” o‘rtasida Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilariga yetkazib berishga oid shartnoma imzolandi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiyaning “Gazprom” va Qozog‘istonning “QazaqGaz” kompaniyalari Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilariga yetkazib berishga oid shartnoma imzoladi. Hujjat Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) imzolandi, deb
xabar berdi Qozog‘iston Energetika vazirligi.
“Gazprom” boshqaruv raisi Aleksey Miller bilan uchrashuvda “Gazprom” va “QazaqGaz” o‘rtasida Rossiya tabiiy gazini O‘zbekiston iste’molchilariga yetkazib berishga oid shartnoma imzolandi”, - deyilgan xabarda.
Tomonlar, shuningdek, gaz yetkazib berish, qayta ishlash va tashish sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishgan.
Qozog‘iston va Rossiya energetika vazirlari Rossiya nefti tranziti bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlarni hajmlarni 10 million tonnagacha oshirib, 2033-yil oxirigacha uzaytirishgan.
Avvalroq Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berishdan ham daromad olashi, ham bu hududda energetika ta’minoti yaxshilanishini
ma’lum qilgan edi.2023 yil yanvar oyida “Gazprom” va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi
imzolangan edi. 30 may kuni “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish masalasini muhokama
qilishgandi.