https://oz.sputniknews.uz/20230616/buxoro-shaxs-soxta-pullar-22-bosh-qoy-36018946.html
Soxta dollarga 22 bosh qo‘y sotib olgan buxorolikka nisbatan jinoiy ish ochildi
Soxta dollarga 22 bosh qo‘y sotib olgan buxorolikka nisbatan jinoiy ish ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Buxorolik shaxs qo‘ylarni Surxondaryodagi mol bozordan 4200 dollar soxta pul evaziga sotib olgan.
2023-06-16T16:22+0500
2023-06-16T16:22+0500
2023-06-16T16:22+0500
o‘zbekiston
buxoro
surxondaryo
pul
dollar
hodisalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/01/35573482_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_55684d6fa4c19d8fb7903631e068317f.jpg
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Buxorolik fuqaro Surxondaryo viloyatidagi mol bozoridan 4200 dollar soxta pul evaziga 22 bosh qo‘y sotib oldi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB ma’lumotiga tayanib, “Pochtachi” Telegram-kanali xabar berdi.Qayd etilishicha, noma’lum shaxs Surxandaryo viloyati Qiziriq tumanida joylashgan bozorda Bandixon tumanidan bo‘lgan boshqa bir fuqaroning 8 bosh qo‘yini 1600 dollarga sotib olgan.Shuningdek, u aynan shu kuni bozorda yana bir bandixonlik fuqaroning 14 bosh qo‘yini 2600 dollar soxta pul evaziga xarid qilgan.Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan surishtiruv va tergov harakatlari davomida bu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlangan. U Buxoro viloyati Jondor tumani “Mirzayon” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro.Hozirda surishtiruv hamda tergov harakatlari davom etmoqda.
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/01/35573482_116:0:2847:2048_1920x0_80_0_0_6d03848a4ffa344c6700981b4649189d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston buxoro surxondaryo qo‘y soxta pul
o‘zbekiston buxoro surxondaryo qo‘y soxta pul
Soxta dollarga 22 bosh qo‘y sotib olgan buxorolikka nisbatan jinoiy ish ochildi
Buxorolik shaxs qo‘ylarni Surxondaryodagi mol bozordan 4200 dollar soxta pul evaziga sotib olgan.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Buxorolik fuqaro Surxondaryo viloyatidagi mol bozoridan 4200 dollar soxta pul evaziga 22 bosh qo‘y sotib oldi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB ma’lumotiga tayanib,
“Pochtachi” Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, noma’lum shaxs Surxandaryo viloyati Qiziriq tumanida joylashgan bozorda Bandixon tumanidan bo‘lgan boshqa bir fuqaroning 8 bosh qo‘yini 1600 dollarga sotib olgan.
Shuningdek, u aynan shu kuni bozorda yana bir bandixonlik fuqaroning 14 bosh qo‘yini 2600 dollar soxta pul evaziga xarid qilgan.
Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan surishtiruv va tergov harakatlari davomida bu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlangan. U Buxoro viloyati Jondor tumani “Mirzayon” mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro.
Hozirda surishtiruv hamda tergov harakatlari davom etmoqda.