AQSh Rossiyaga nima uchun milliardlab dollar to‘lamoqda — NYT

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishDobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya
Dobicha prirodnogo urana na mestorojdenii Xiagdinskogo rudnogo polya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
Vashington kiritilgan sanksiyalarga qaramasdan har yili Rossiyaga milliardlab dollar to‘lamoqda, chunki AESlar uchun kerakli boyitilgan uranning uchdan bir qismini Rosatomdan sotib oladi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. AQSh Rossiyadan yetkazib berilayotgan boyitilgan urandan voz kecha olmaydi, deb yozadi The New York Times.
"Rosatom bilan raqobatlasha oladigan hajmda boyitilgan uran ishlab chiqarish uchun AQShga o‘n yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi", - deyiladi maqolada.
Muallifning qayd etishicha, Vashington Moskva bilan iqtisodiy aloqalarni uzish istagiga qaramay, Amerika kompaniyalari Rossiya yadro yoqilg‘isi uchun yiliga bir milliard dollarga yaqin pul to‘lashda davom etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShga zarur bo‘lgan boyitilgan uranning uchdan bir qismi Rossiyadan import qilinadi.
Shu bilan birga, bundan buyon Qo‘shma Shtatlarning atom energetikasiga bog‘liqligi yanada kuchayadi, chunki ular qazib olinadigan yoqilg‘i manbaalariga qaramlikni kamaytirishga qaror qilishmoqda, deb davom etadi muallif.
Ammo Amerikaning birorta kompaniyasi uranni boyitish bilan shug‘ullanmaydi - bu bilan faqat Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya qo‘shma korxonasi bo‘lgan Urenco konsorsiumi shug‘ullanadi. Ularning Ohayoda shtatida zavodi bor. Boyitilgan uranning qolgan qismi Yevropa davlatlaridan keladi.
Ma’lumki, dunyoda atom elektr stansiyalari va reaktorlar soni eng ko‘p bo‘lgan davlat bu — Amerika Qo‘shma Shtatlari. Bugungi kunda u yerda 60ta AES va 100dan ortiq reaktor bor. Ular mamlakat umumiy generatsiyasining ~20%ini ta’minlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0