Rossiyada 2023-yilda YaIM o‘sishi 2% bo‘lishi mumkin — Putin

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPMEF-2023. Prezident RF V. Putin na plenarnom zasedanii
PMEF-2023. Prezident RF V. Putin na plenarnom zasedanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyada o‘tgan yilda inflyatsiya tarixiy eng past darajada bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi, ipoteka sohalarida rekord darajada o‘sish kuzatilgan.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o‘sishi 2023-yil oxirigacha 2 foiz bo‘lishi mumkin, dedi prezident Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) so‘zlagan nutqida.
"Men mutaxassislarimiz fikriga qo‘shilaman, YaIM o‘sishi 1,5 foiz, balki undan ham ko‘proq - 2 foiz atrofida bo‘lishi mumkin. Bu mamlakatimizning dunyoning yetakchi iqtisodlari qatoridagi o‘rnini saqlab qolishga yordam beradi", - dedi Putin.
Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya hukumati va biznesi tanlagan iqtisodiy strategiya to‘g‘ri bo‘lib chiqqan va o‘z samarasini ko‘rsatgan.
Inflyatsiya. Hozirda Rossiyada inflyatsiya ko‘plab G‘arb mamlakatlariga qaraganda past va o‘zining tarixiy minimal darajasiga yaqin - 2,9%.
"Biz mas’uliyatli, muvozanatli budjet va pul-kredit siyosatini olib bordik. Ularning samarali kombinatsiyasi bizga ishsizlikning minimal ko‘rsatkichlariga, shuningdek, hozirda Rossiyada <...> inflyatsiya miqdori tarixiy minimumga yaqin — 2,9% ni tashkil etadi", - dedi Putin.
Ipoteka. Prezident so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Rossiyada ipoteka kreditlari soni ham rekord darajaga o‘sgan va 18% ni tashkil etgan.
Qishloq xo‘jaligi. Rossiyaning o‘zi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan barcha ehtiyojlarini qoplaydi va faol eksport qilmoqda.
"O‘tgan yil davomida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘sishi 10 foizdan ortiqni tashkil etdi. Bu sohadagi barcha tovar turlari bo‘yicha biz haqiqatda o‘z ehtiyojlarimizni qoplaymiz va eksport uchun faol ishlayapmiz", - dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, 14-17 iyun kunlari Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF) bo‘lib o‘tmoqda. RIA Novosti forumning media hamkori va mezbon fotoagentligi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0