Zilziladan erta ogohlantirish milliy tizimi qanday yaratilmoqda — FVV

© Sputnik / Aleksandr KrajevSeysmostansiya. Arxiv surat
Seysmostansiya. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kuchli zilzilalardan erta ogohlantirish tizimini yaratish maqsadida 200 ta qo‘shimcha akselerometrlar o‘rnatiladi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi yillar davomida seysmik monitoring tizimi takomillashtirilmoqda. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Elor Ahmadaliyev ma’lum qildi.
Mutaxassisning aytishiga ko‘ra, yer qobig‘ining kuchlangan-deformatsiyalangan holatini kuzatuvchi, seysmik xavfni baholashda va zilzilalar darakchilarini qayd qilish maqsadida O‘zbekiston hududida 2021-2022 yillarda 10 ta past samarali stansiyalar faoliyati to‘xtatilib, ularning o‘rniga 14 ta yangi seysmik stansiyalar ochilgan.
Shuningdek, seysmik stansiyalar internet jahon axborot tarmog‘iga ulanib, zilzilalarni real vaqt rejimida monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Stansiyalar texnik jihozlanishi yaxshilangan.

Undan tashqari, kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini bosqichma-bosqich yaratish maqsadida 2023-2025 yillar mobaynida respublikaning seysmik faol hududlariga 200 dona akselerometrlarni bosqichma-bosqich o‘rnatish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qurilayotgan va foydalanishdagi obyektlarning zilzilabardoshlik talablarini buzilishiga olib keluvchi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishi;
Fanlar akademiyasi binolarning seysmik mustahkamligini tekshirish va monitoring qilish metodikasi yordamida binolarni sinovdan o‘tkazishi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini zilzila vaqtida harakatlanishga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishini tashkil etish belgilangan.
FVV qariyalar, nogironlar va boshqa muruvvat uylarida o‘z xizmat vazifalarini olib borayotgan ishchi-xizmatchilarga favqulodda vaziyatlarda imkoniyati cheklangan fuqarolarning hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan qoidalar, birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatin bo‘yicha alohida uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 16-maydagi PQ-158-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilingan edi.
Pokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Endi o‘zbekistonliklar kuchli zilzila oldidan ogohlantiriladi
Yangiliklar lentasi
0