Toshkent ko‘chalaridagi yoqimsiz hid haqida qayerga shikoyat qilish kerak — qo‘llanma
© AFP / RODRIGO BUENDIABurnini yopayotgan erkak, arxiv surat
© AFP / RODRIGO BUENDIA
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda toshkentliklar tomonidan shaharning ayrim turar joylaridagi yoqimsiz hid mavzusi muhokama etilmoqda. Shunga o‘xshash vaziyatda qayerga murojaat etish kerakligi haqida materialimizda bilib oling.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Ko‘chada badbo‘y hidning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, nosoz kanalizatsiya tizimi va yaqin atrofdagi korxonalardan chiqadigan chiqindilar. Sputnik shunga o‘xshash vaziyatda qayerga murojaat qilish va qanday shikoyat qoldirish kerakligiga aniqlik kiritdi.
Shikoyat bilan arizani "Xalq Nazorati" interaktiv xizmati orqali onlayn yuborish mumkin.
© Xalq NazoratiXalq Nazorati interaktiv xizmati
Xalq Nazorati interaktiv xizmati
© Xalq Nazorati
Ushbu portal shahar infratuzilmasi, obodonlashtirish, jamoat transporti, uy-joy kommunal xo‘jaligi, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi muammolarni hal etish bilan shug‘ullanadi.
© Xalq NazoratiXalq Nazorati interaktiv xizmati
Xalq Nazorati interaktiv xizmati
© Xalq Nazorati
Shahar aholisiga barcha xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
© Xalq NazoratiXalq Nazorati interaktiv xizmati
Xalq Nazorati interaktiv xizmati
© Xalq Nazorati
Shikoyatni yuborish tartibi:
saytda avtorizatsiyadan o‘ting;
"Jamoat joyi" bo‘limiga kiring;
bo‘limda "Ekologiya" oynasini toping va "Ko‘chada yoqimsiz hid" tugmasini bosing;
ochilgan oynada muammo haqida ma’lumot qoldiring va hududning fotosuratini yuklang;
shundan so‘ng "yuborish" tugmasini bosing.
Mutaxassislar arizani bir necha ish kuni ichida ko‘rib chiqishadi. Uning holatini saytning bildirishnomalar bo‘limida kuzatish mumkin. Muammo hal bo‘lganidan so‘ng “tasdiqlash" tugmasini bosish kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, shu kungacha "Xalq Nazorati" tomonidan 30033 ta muammolar hal etilgan.