Toshkentda ustiga devor qulagan qizaloq qutqarildi

© Press-slujba MChS Uzbekistana Qulagan uy
 Qulagan uy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Obuna bo‘lish
Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 yoshli qizaloq ustiga devor qulab tushdi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani "Oliy himmat" mahallasida 2 yoshli qizaloq qulagan devor ostida qolib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda
Hodisa soat 15-iyun kuni soat 12:14 da sodir bo‘lgan. Uylarning birida qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketgan va bola qulagan devor ostida qolgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qizaloqni olib chiqqan. Qizaloq shifokorlarga topshirilgan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0