Qo‘qon bozoridagi yong‘indan zarar ko‘rgan tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

© Sputnik / Zafar XalilovSo‘m, arxiv surat
So‘m, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Obuna bo‘lish
Prezident yong‘indan zarar ko‘rgan barcha tadbirkorlarning kredit va soliq to‘lovlari muddati kechiktirilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon shahridagi "Buyuk Ipak yo‘li" bozorida sodir bo‘lgan yong‘inga munosabat bildirdi.
“Qo‘qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo‘lsin, biz hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz. Bu bozor uzog‘i bilan bir oyda to‘liq tiklab beriladi, bunga barcha kuch va vositalarni safarbar qilamiz. Kim qaysi do‘konda faoliyat yuritgan bo‘lsa, o‘sha yerda tadbirkorligini davom ettiradi”, - dedi davlat rahbari
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yong‘indan zarar ko‘rgan barcha tadbirkorlarning kredit va soliq to‘lovlari muddati kechiktiriladi. Ularning qaytadan “oyoqqa turib olishlari” uchun aylanma mablag‘ uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Yong‘in oqibatida bozorga tutash hududlarda zarar ko‘rgan aholi xonadonlari to‘liq ta’mirlab beriladi.
“Umuman, yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish bo‘yicha katta dastur qabul qilamiz”, — dedi Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyun kuni kechki payt Qo‘qondagi "Buyuk Ipak yo‘li" bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirish uchun 4 soat vaqt ketdi. Yuzdan ortiq tadbirkorning mol-mulklariga zarar yetgan.Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur yong‘in bo‘yicha Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0