Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajada o‘zgarishsiz qoldirdi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Sentralniy bank Uzbekistana
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston iqtisodiyotida inflyatsiyaning fundamental va mavsumiy omillar ta’sirida sekinlashish dinamikasi davom etmoqda.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qayd etilishicha, iqtisodiyotda inflyatsiyaning fundamental va mavsumiy omillar ta’sirida sekinlashish dinamikasi davom etmoqda. Yil oxirigacha joriy tendensiyalar saqlanib qolinishi bilan birgalikda inflyatsiyani keskin oshiruvchi xatarlar vujudga kelishi ehtimollari kamayib bormoqda.
Kelgusida ham iqtisodiyotda nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolgan holda asosiy stavkani pasaytirish imkoniyatlarini kuchaytiradi.
Shu yilning may oyida umumiy inflyatsiya yillik hisobda 10,4 foizgacha sekinlashdi. Bunda, bazaviy inflyatsiya sekinroq pasayib 12,4 foizni tashkil etdi.
Inflyatsion kutilmalar
Keyingi 12 oy uchun aholining inflyatsion kutilmalarini pasayuvchi trendi davom etib, may oyida 13,7 foizni tashkil etdi. Ichki iqtisodiy sharoitlarning barqarorlashib borayotgani tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalarining 13,5 foizgacha pasayishida o‘z aksini topdi.
Global inflyatsiya jarayonlari, asosan, energetika va xomashyo bozorlaridagi narxlarning o‘tgan yilgi oshiruvchi ta’sirining kamayishi hisobiga sekinlashayotgan bo‘lsa-da, inflyatsiyaning target ko‘rsatkichlaridan balandligi va xizmatlar sohasidagi oshiruvchi xatarlar saqlanib qolayotganligi tashqi moliyaviy sharoitlarning qat’iy shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.
Banklararo pul bozorida
O‘tgan yilning ikkinchi yarmidan boshlab banklararo pul bozorida Uzonia stavkasi va o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari foiz koridori doirasida 13,5 foiz atrofida shakllandi. Pul bozorini nisbatan uzoqroq muddatli segmentlaridagi foiz stavkalar, likvidlikning tarkibiy profitsitini kamayib borishi sharoitida, nisbatan o‘suvchi dinamikani kasb etgan.
Milliy valyutadagi kreditlar
Milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari may oyida biroz pasayib, 22,8 foiz darajasida shakllandi. O‘z navbatida, kreditlash hajmining o‘sishi asosan chakana kreditlarni yuqori sur’atlarda o‘sishi hisobiga ta’minlanmoqda. May oyi yakunlari bo‘yicha chakana kreditlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga ko‘paygan.
Makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysi doirasida 2023-yil yakuniga qadar inflyatsiyaning 8,5-9,5 foizgacha pasayishi hamda inflyatsiyani pasaytiruvchi omillar ta’sirini oshiruvchi omillarga nisbatan kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda.
“Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yalpi talab, narxlar va inflyatsion kutilmalarga ta’sirlarini sinchikovlik bilan baholashda davom etadi va pul-kredit instrumentlari inflyatsiyani joriy yilgi prognoz koridori doirasida shakllanishiga qaratiladi”, deyiladi xabarda.
Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 27-iyulga belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0