Bir qator xizmatlar uchun litsenziya olishda davlat boji miqdori kamaytirildi

© Depositphotos / Erwin WodickaDavlat boji
Davlat boji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Obuna bo‘lish
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bir qator xizmatlar uchun litsenziya olishda davlat boji miqdori kamaytirildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishda litsenziya olganlik uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 25 000 baravari etib belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Shuningdek, quyidagi xizmatlar uchun litsenziya olishda to‘lanadigan davlat boji miqdorlari kamaytirildi:
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish – BHMning 170 baravari (56 mln 100 ming so‘m). Ilgari BHMning 340 baravari edi;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming so‘m). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming so‘m). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming so‘m). Ilgari BHMning 150 baravari edi;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming so‘m). Ilgari BHMning 150 baravari edi.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0