https://oz.sputniknews.uz/20230615/islom-investitsiyalari-rossiya-garb-moliyalari-35987377.html
Islom investitsiyalari Rossiyadagi G‘arb moliyalari o‘rnini egallashi mumkin – iqtisodchi
Islom investitsiyalari Rossiyadagi G‘arb moliyalari o‘rnini egallashi mumkin – iqtisodchi
Sputnik O‘zbekiston
Zaripovning so‘zlariga ko‘ra, islom investorlari 5 trillion dollarga yaqin aktivlarni nazorat qiladi va bu butun global aktivlarning 1,5 foizini tashkil etadi. Iqtisodchi Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan islom investorlari ular boshqa mamlakatlarga kiritishga tayyor bo‘lgan 500 milliard dollar haddan ziyod likvidlikka ega ekanini qayd etdi.
2023-06-15T13:49+0500
2023-06-15T13:49+0500
2023-06-15T13:49+0500
iqtisod
rossiya
g‘arb
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0b/23912797_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_dddd78c541118fd8bd7e47de5cd9edd3.jpg
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Islom investitsiyalari sanksiyalar tufayli Rossiya uchun to‘xtatilgan G‘arb moliyalari o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda iqtisodchi, islom moliyalari magistri, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti dunyo moliyalari bozori va moliya texnologiyalari kafedrasi dotsenti Ilyas Zaripov ma’lum qildi.Zaripovning so‘zlariga ko‘ra, islom investorlari 5 trillion dollarga yaqin aktivlarni nazorat qiladi va bu butun global aktivlarning 1,5 foizini tashkil etadi. Iqtisodchi Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan islom investorlari ular boshqa mamlakatlarga kiritishga tayyor bo‘lgan 500 milliard dollar haddan ziyod likvidlikka ega ekanini qayd etdi.Ekspertning ta’kidlashicha, islom mamlakatlari ular qo‘shicha ajratishi mumkin bo‘lgan davlat jamg‘armalaridagi boshqa mablag‘larga ham ega.Iqtisodchi islom investorlari Rossiya iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi, chunki Rossiya ular uchun hamisha ishonchli hamkor bo‘lgan, hamisha yordam bergan va siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelgan.Islom moliyasi tizimi — bu pul mablag‘laridan foydalanish va taqsimlash jarayonida islom huquqi qoidalariga mos keluvchi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan islom ekotizimining bir qismidir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0b/23912797_569:0:3072:1878_1920x0_80_0_0_eb82f46e3a145a1dc623c2ce74f18c2e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
islom investitsiyalari rossiya g‘arb moliyalari
islom investitsiyalari rossiya g‘arb moliyalari
Islom investitsiyalari Rossiyadagi G‘arb moliyalari o‘rnini egallashi mumkin – iqtisodchi
Islom investorlari 5 trillion dollarga yaqin aktivlarni nazorat qiladi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Islom investitsiyalari sanksiyalar tufayli Rossiya uchun to‘xtatilgan G‘arb moliyalari o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda iqtisodchi, islom moliyalari magistri, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti dunyo moliyalari bozori va moliya texnologiyalari kafedrasi dotsenti Ilyas Zaripov ma’lum qildi.
Zaripovning so‘zlariga ko‘ra, islom investorlari 5 trillion dollarga yaqin aktivlarni nazorat qiladi va bu butun global aktivlarning 1,5 foizini tashkil etadi. Iqtisodchi Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan islom investorlari ular boshqa mamlakatlarga kiritishga tayyor bo‘lgan 500 milliard dollar haddan ziyod likvidlikka ega ekanini qayd etdi.
“Ko‘pincha islom investorlari bu haddan ziyod mablag‘ni o‘z mamlakati uchun ishlatish yo‘lini topolmaydi. Aynan shu bois turli katta mablag‘li loyihalarni o‘ylab topishadi, masalan, Saudiya Arabistoni sahrosida super shaharni bunyod etish. Biroq bu mablag‘lar yoki ularning bir qismini Rossiya iqtisodiyotiga yo‘naltirilsa bo‘lardi-ku, bu ham Rossiyaga, ham islom investorlariga katta foyda keltirgan bo‘lardi”, - dedi Zaripov RIA Novosti bilan suhbatda.
Ekspertning ta’kidlashicha, islom mamlakatlari ular qo‘shicha ajratishi mumkin bo‘lgan davlat jamg‘armalaridagi boshqa mablag‘larga ham ega.
Iqtisodchi islom investorlari Rossiya iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi, chunki Rossiya ular uchun hamisha ishonchli hamkor bo‘lgan, hamisha yordam bergan va siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Islom moliyasi tizimi — bu pul mablag‘laridan foydalanish va taqsimlash jarayonida islom huquqi qoidalariga mos keluvchi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan islom ekotizimining bir qismidir.