Akademik litseylarga kirish test sinovlari tartibi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishItogovoe sochinenie po literature v rossiyskix shkolax
Itogovoe sochinenie po literature v rossiyskix shkolax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2023
Obuna bo‘lish
Akademik litseylarga kirish test sinovlari an’anaga ko‘ra, 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yili uchun akademik litseylarga 14 690 ta kvota ajratildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023/2024 o‘quv yili uchun akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 71 ta litseyga kvotalar quyidagi tillar uchun ajratildi:
11 544 ta o‘zbek;
2 678 ta rus;
468 ta qoraqalpoq.
Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta. Shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.
To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
IQ — baholash mezonlari 1.1, test topshiriqlari soni 20 ta, maksimal ball 22;
1-fan — baholash mezonlari 3.1, test topshiriqlari soni 20 ta, maksimal ball 62;
2-fan — baholash mezonlari 3.1, test topshiriqlari soni 20 ta, maksimal ball 62.
Test sinovi matematika, biologiya, kimyo, ona tili va adabiyoti, huquqshunoslik, tarix va horijiy tillar, fizika, geografiya fanlaridan o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0