Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina hujumlar va yo‘qotishlar sonini oshirishda davom etmoqda

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishUkrainaning yakson qilingan texnikasi, arxiv surat
Ukrainaning yakson qilingan texnikasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
So‘nggi 24 soat ichida Ukraina Janubiy Donesk, Zaporoje va Donesk yo‘nalishlarida hujumlarini davom ettirdi va 800ga yaqin askarini 20ta tank va yana o‘nlab zirhli texnikasi yo‘qotdi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus operatsiyaga doir so‘nggi yangiliklar.

Mudofaa vazirligining 14-iyun kuni hisoboti:

O‘tgan tunda Rossiya Ukraina Qurolli kuchlari zaxiralari va chet el yollanma askarlari, shuningdek, o‘q-dorilar, qurol-yarog‘ va harbiylar omborlari to‘plangan joylarga dengiz va havodan uzoq masofali aniqlikdagi qurollardan guruhli zarbalar berdi. Belgilangan nishonlar yo‘q qilindi.
UQKning 4-iyundan beri faqat front chizig‘idagi yo‘qotishlari — 7,5 mingga yaqin qurbonlar va yaradorlar bo‘ldi. Bu raqamlar Ukraina hududining ichkarisida halok bo‘lganlarni hisobga olmaydi.
DXRning Makarovka aholi punkti yaqinidagi Vremevskiy bo‘rtig‘ida "Sharq" kuchlar guruhi bo‘linmalari UQKning ikkita moto-o‘qchi brigadalari hujumlarini qaytardi. Janglar davomida dushmanning 4ta tanki va 7ta zirhli jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
DXRning Prechistovka aholi punkti hududida UQKning ikkita vzvodi hujumlari muvaffaqiyatli qaytarildi, dushmanning 5ta tank va 5ta zirhli jangovar texnikasi yo‘q qilindi.
DXRning Rovnopol, Zaporoje viloyatining Levadnoe va Oktabr sovxozi aholi punktlari hududlarida rus qo‘shinlari dushmanning 5ta tankini yo‘q qildi.
Zaporoje yo‘nalishida hujumchi samolyotlar Zaporoje viloyatining Jerebanki tumanida UQKning 128-tog‘ hujum brigadasi bo‘linmalarining hujumini to‘xtatdi.
Hammasi bo‘lib, o‘tgan kun davomida Janubiy Donesk va Zaporoje yo‘nalishlarida dushman yo‘qotishlari 800 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilarni, 20 ta tankni, to‘rtta piyoda jangovar texnikasini, 15 ta zirhli jangovar mashinasini, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimini, "Msta-B" va D-30 gaubitsalari va "Grad" ko‘p raketali tizimlar yo‘q ilindi.
Bundan tashqari, Zaporoje viloyati, Novoandreyevka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining artilleriya o‘q-dorilari ombori yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida DXRning Pervomayskoe va Petrivskoe aholi punktlari hududlarida "Janub" qo‘shinlar guruhining faol harakatlari dushmanning ikkita hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
Janglar paytida Ukraina qo‘shinlarining yo‘qotishlari 205 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, ettita mashina va ikkita D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
DXRning Seversk Maliy va Chasov Yar aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 45-artilleriya va 57-motoo‘qchilar brigadalarining o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida Xarkov viloyatining Sinkovka, Berestovoe va Artomovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta diversion va razvedka guruhining faoliyati aviatsiya va artilleriya zarbalari va "G‘arb" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari bilan bostirildi.
Bu yo‘nalishda kun davomida 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, BTR, ikkita avtomashina, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Palladin" va Polshada ishlab chiqarilgan "Crab" o‘ziyurar artilleriya moslamalari yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlari guruhi Nevskoe, LXRning Chervonaya Dibrova, DXRning Terni, Torskoe aholi punktlari hududlarida, shuningdek, Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligida dushmanning 60 nafar harbiy xizmatchisi, BMP, ikkita pikap, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, D-20 gaubitsasi va "Grad" ko‘p raketali tizimini yo‘q qildi.
Shuningdek, DXRning Grigorovka qishlog‘i hududida Ukrainaning qo‘poruvchilik va razvedka guruhi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 50 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, to‘qqizta texnika, shuningdek, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 137ta pozitsiyalarda joylashgan 107 ta artilleriya bo‘linmasini mag‘lub etdi.
Zaporoje shahri hududida "P-18" havo nishonlarini aniqlash va kuzatish uchun radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida: ikkita uzoq masofaga uchuvchi "Storm Shadow" qanotli raketalarini to‘rtta AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS tizimi raketalarini tutib oldi.
Shuningdek, Zaporoje viloyatidagi Sladka Balka, Xarkov viloyatining Jovtnevoe va Donesk Xalq Respublikasining Valeranovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 20 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 442 ta samolyot, 238 ta vertolot, 4 605 ta uchuvchisiz uchish apparati, 426 ta zenit-raketa tizimi, 9 982 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 124 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 5111 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 10947 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0