Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi ta’lim tizimidagi islohotlarni e’tirof etdi

© Press-slujba Ministerstva doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaHilola Umarova, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi
Hilola Umarova, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
Kubanichbek Omuraliyev O‘zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar Ta’lim vazirlari yig‘ilishi doirasida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Kubanichbek Omuraliyev O‘zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv davomida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish muhokama qilindi.
Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida xalqaro tanlov va olimpiadalarni kengaytirish, qardosh maktablar hamkorlik dasturini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari haqida ham suhbatlashildi.
Yangiliklar lentasi
0