https://oz.sputniknews.uz/20230614/prezident-saylov-brayl-alifbo-trafaret-35954408.html
Ko‘zi ojizlar saylovda qanday ishtirok etadi?
Ko‘zi ojizlar saylovda qanday ishtirok etadi?
Sputnik O‘zbekiston
Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi. Ushbu trafaretlar har bir saylov uchastkasiga yetkaziladi.
2023-06-14T11:56+0500
2023-06-14T11:56+0500
2023-06-14T16:06+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
siyosat
o‘zbekiston
saylovlar
o‘zbekistonda prezident saylovi
nogironligi bo‘lgan shaxslar
markaziy saylov komissiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34425266_0:86:1616:995_1920x0_80_0_0_99fa764de45d71c1d42a3b3e74ce8b39.jpg
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Prezident sayloviga doir saylov bulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining (MSK) navbatdagi majlisida ma’lum qilindi. Majlisda saylov bulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi va ushbu trafaretlar bilan har bir saylov uchastkasini ta’minlash choralari belgilandi.Shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan ovoz beruvchi fuqarolar gavjum yashaydigan hududlarda, ularning saylov uchastkalariga kelib ketishlari uchun bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy saylov komissiyasi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari prezident saylovi bulleteni qanday bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Unda prezidentlikka nomzodlarning familiyasi, ismi va otasining ismi saylov bulleteniga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi tartibida kiritilgan.O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34425266_88:0:1528:1080_1920x0_80_0_0_91e109070ac2811ed111a0a74f6fc436.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezident saylovi brayl alifbosi trafaret namunasi msk
o‘zbekiston prezident saylovi brayl alifbosi trafaret namunasi msk
Ko‘zi ojizlar saylovda qanday ishtirok etadi?
11:56 14.06.2023 (yangilandi: 16:06 14.06.2023) Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi. Ushbu trafaretlar har bir saylov uchastkasiga yetkaziladi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Prezident sayloviga doir saylov bulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining (MSK) navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda saylov bulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi va ushbu trafaretlar bilan har bir saylov uchastkasini ta’minlash choralari belgilandi.
Qayd etilishicha, saylov uchastkalarida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ovoz berish kabinalari joylashtiriladi, shuningdek, zaruratga ko‘ra ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi ovoz beruvchi fuqarolar uchun optik lupalar hamda yoritkichlar qo‘yiladi.
Shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan ovoz beruvchi fuqarolar gavjum yashaydigan hududlarda, ularning saylov uchastkalariga kelib ketishlari uchun bepul transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy saylov komissiyasi
9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari prezident saylovi bulleteni qanday bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Unda prezidentlikka nomzodlarning familiyasi, ismi va otasining ismi saylov bulleteniga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi
tartibida kiritilgan.Saylov bulletenlari uchastka saylov komissiyalariga 25 iyungacha saylov uchastkasidagi saylovchilar umumiy sonining 5 foizi miqdorida, 6 iyulgacha esa 95,5 foizi miqdorida tegishli tillarda taqsimlagan holda yetkazib berilishi kerak.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari
bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi
tuziladi.Prezidentlikka Ekopartiyadan
Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan
Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan
Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP)
Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan
boshlangan.