O‘zbekistonlik 11 nafar usta dunyoning mashhur hunarmandlar ro‘yxatiga kiritildi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishHunarmandchilik, arxiv foto
Hunarmandchilik, arxiv foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning 11 nafar hunarmandi jahonga mashhur "Homo Faber" ma’lumotnomasiga kiritildi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik 11 nafar hunarmand nufuzli "Homo Faber" Guide ro‘yxatiga kiritildi. Bu xaqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.
Mazkur ro‘yxat Mikelanjelo jamg‘armasi tomonidan yaratilgan onlayn platforma bo‘lib, Yevropa va undan tashqarida hunarmandchilikning zamonaviy rivojlanishi bilan bog‘liq tajribalarni taqdim etadi.
"Homo Faber" ma’lumotnomasiga kiritilgan o‘zbekistonlik hunarmandlar:
kulol Akbar Rahimov;
zardo‘zlik san’ati ustasi Nodir Rasulov;
kulolchilik ustasi Abdulvohid Buxoriy;
so‘zana ustasi Madina Qosimboyeva;
zarb etuvchi, mis ustasi Jo‘rabek Sidiqov;
yog‘och o‘ymakorligi ustasi Odamboy Masharipov;
rang-tasvir miniaturasi rassomi va qadimiy kitoblar restavratori Davlat Toshev;
usta kosib Hasan Umarov;
ipak gazlamalari ustasi Nurmahammad Valiyev;
gilamdo‘zlik ustasi Sabina Burxonova;
Meros qog‘oz fabrikasi hunarmandlari.
Mikelanjelo jamg‘armasi tomonidan yaratilgan onlayn maydoncha — "Homo Faber Guide" hunarmandlar, atelyelar, sanoat korxonalari, muzey, galereyalarni izlab topish imkonini beradi. Shuningdek, Yevropa va undan tashqarida kosibchilikning hozirgi zamondagi rivoji bilan bog‘liq tajribani taqdim etadi.
Ma’lumot o‘rnida, “Homo Faber” platformasida shu paytgacha 2200 dan ortiq turli millatlarga xos iste’dodli hunarmandlarning asarlari taqdim etilgan.
Yangiliklar lentasi
0