O‘zbekiston va Xitoy qaysi viloyatlarda quyosh panellari o‘rnatishi ma’lum bo‘ldi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki UzbekistanInvestitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov "China Energy" kompaniyasi Boshqaruvi raisi Song Xayliang bilan
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov China Energy kompaniyasi Boshqaruvi raisi Song Xayliang bilan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
"China Energy" kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish niyatida.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida 1000 MVtga teng bo‘lgan fotoelektr stansiyalari va quvvati 3 million tonna bo‘lgan sement zavodini ishga tushiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov "China Energy" kompaniyasi Boshqaruvi raisi Song Xayliang bilan uchrashdi.
Unda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 1000 MVtga teng bo‘lgan fotoelektr stansiyalari va Samarqand viloyatida quvvati 3 million tonna bo‘lgan sement zavodini qurish loyihalarini amalga oshirilishi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tomonlar ushbu obyektlarni imkon qadar tezroq ishga tushirish muhimligini ta’kidlab, joriy yilda 400 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyalari va sement zavodini, qolgan 600 MVt quvvatlarni keyingi yil oxirigacha ishga tushirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun, "China Energy" Xitoyning eng yirik energetika va tog‘-kon sanoati kompaniyasidir. U ko‘mir qazib olish, issiqlik, shamol, quyosh va gidroinshootlardan energiya ishlab chiqarish, shuningdek, neft-kimyo, temir yo‘l va dengiz transporti, logistika va moliya sohasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Kompaniya dunyodagi eng yirik 100 ta kompaniyadan biri hisoblanadi. Uning moliyaviy aylanmasi 240 milliard dollardan oshadi. U dunyoning 147 ta davlatida o‘zining 206 ta filialiga ega.
Yangiliklar lentasi
0