https://oz.sputniknews.uz/20230614/ozbekiston-turkmaniston-oyini-qanday-tugadi-35972106.html
O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yini qanday natija bilan tugadi?
O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yini qanday natija bilan tugadi?
Sputnik O‘zbekiston
CAFA Nation’s Cup 2023 turniri doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
2023-06-14T22:31+0500
2023-06-14T22:31+0500
2023-06-15T11:17+0500
sport
futbol
markaziy osiyo futbol assotsiatsiyasi (cafa)
toshkent
bunyodkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0e/35971146_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f2cc4b33819d404fe611a9ff928985f2.jpg
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida CAFA Nation’s Cup 2023 doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yini bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv soat 20:30 da boshlandi. O‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq ko‘k libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlandi. Raqib jamoa esa oq libosda maydonga tushdi. Birinchi 45 daqiqa va qo‘shib berilgan 4 daqiqada hech bir jamoa oldinga siljiy olmadi. Hisob 0:0.Bu Eldorning terma jamoa tarkibida urilgan 35 goli bo‘ldi va u Maksim Shaskixning rekordini (34 ) yangiladi. Shuningdek, eng yaxshi to‘purarlar qatoridan Aleksandr Geynrix (31) va Mirjalol Qosimovlar (30) ham o‘rin olgan. O‘zbekiston - Tukrmaniston o‘yini 2:0 hisobida yakunlandi. O‘yinning eng qiziq lahzalarini Sputnik telegram kanalida kuzatib boring. O‘yinni 15 mingdan ortiq futbol muxlislari "Bunyodkor" stadionida tomosha qilishdi Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Nurzatbek Abduqodirov (Qirg‘iziston) ishladi. Unga qanotlarda Sergey Grishchenko (Qirg‘iziston) va Mohid Sharif Sarvari (Afg‘oniston) yordam berdi. To‘rtinchi rasmiy hakam vazifasi esa Hasan Akramiga (Eron) topshirilgandi.Eslatib o‘tamiz, birinchi turda O‘zbekiston vakillari O‘monga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar 7 va 24-daqiqada Jaloliddin Masharipov, 89-daqiqada esa Hojiakbar Alijonov tomonidan kiritildi.Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0e/35971146_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b690eda7e3cbd0eab872984cfc4289d7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
cafa o‘zbekiston terma jamoa turkmaniston futbol toshkent bunyodkor stadion sport
cafa o‘zbekiston terma jamoa turkmaniston futbol toshkent bunyodkor stadion sport
O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yini qanday natija bilan tugadi?
22:31 14.06.2023 (yangilandi: 11:17 15.06.2023) CAFA Nation’s Cup 2023 turniri doirasida O‘zbekiston terma jamoasining Turkmanistonga qarshi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida CAFA Nation’s Cup 2023 doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv soat 20:30 da boshlandi. O‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq ko‘k libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlandi. Raqib jamoa esa oq libosda maydonga tushdi.
Birinchi 45 daqiqa va qo‘shib berilgan 4 daqiqada hech bir jamoa oldinga siljiy olmadi. Hisob 0:0.
Ikkinchi taym boshida 51 daqiqada Eldor Shomurodov nihoyat hisobni ochdi. Hujumda unga zaxiradan tushgan Oston O‘runov va Hojimat Erkinovlar yordam berishdi.
Bu Eldorning terma jamoa tarkibida urilgan 35 goli bo‘ldi va u Maksim Shaskixning rekordini (34 ) yangiladi. Shuningdek, eng yaxshi to‘purarlar qatoridan Aleksandr Geynrix (31) va Mirjalol Qosimovlar (30) ham o‘rin olgan.
Ikkinchi gol! 85 daqiqada Iskandarov uzatmasidan so‘ng Eldor Shomurodov o‘zining 36 golini bo‘sh qolgan darvozaga kiritdi. Chunki bundan oldin darvozabon oldinga chiqib to‘pni qaytargan edi.
O‘zbekiston - Tukrmaniston o‘yini 2:0 hisobida yakunlandi. O‘yinning eng qiziq lahzalarini Sputnik telegram kanalida kuzatib boring. O‘yinni 15 mingdan ortiq futbol muxlislari "Bunyodkor" stadionida tomosha qilishdi
Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Nurzatbek Abduqodirov (Qirg‘iziston) ishladi. Unga qanotlarda Sergey Grishchenko (Qirg‘iziston) va Mohid Sharif Sarvari (Afg‘oniston) yordam berdi. To‘rtinchi rasmiy hakam vazifasi esa Hasan Akramiga (Eron) topshirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda O‘zbekiston vakillari O‘monga qarshi maydonga tushdi va 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar 7 va 24-daqiqada Jaloliddin Masharipov, 89-daqiqada esa Hojiakbar Alijonov tomonidan
kiritildi.Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.