https://oz.sputniknews.uz/20230614/energiyasi-istemoli-boyicha-rekord-35966781.html
Elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord yangilandi — vazirlik
Elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord yangilandi — vazirlik
Sputnik O‘zbekiston
13 iyun kuni mamlakatda jami 231,7 mln kVt/soat elektr energiyasi sarflandi. Bu miqdor iyun oyi uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan bir yil muqaddam xuddi shu kuni 202 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, o‘sish ko‘rsatkichi 14,7 foizni tashkil qilmoqda.
2023-06-14T18:02+0500
2023-06-14T18:02+0500
2023-06-14T18:25+0500
jamiyat
energetika vazirligi
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22382027_0:0:3001:1688_1920x0_80_0_0_50e3dcc052f42f31d0bc63ef049608be.jpg
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. G‘ayritabiiy issiq ta’sirida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli hajmi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar yangilandi.Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 13-iyun kuni mamlakatda jami 231,7 mln kVt/soat elektr energiyasi sarflandi. Bu miqdor iyun oyi uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan bir yil muqaddam xuddi shu kuni 202 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, o‘sish ko‘rsatkichi 14,7 foizni tashkil qilmoqda.14 iyun kuni soat 11:00 ga qadar esa soatlik ehtiyoj hajmi 11 080 MVtni tashkil qildi. Bu esa 2022-yilning xuddi shu sanasidagi holat bilan taqqoslanganda, 1600 MVt (15,4 foiz) ko‘p elektr toki sarflangan, deganidir. Ushbu quvvat deyarli to‘rtta bug‘-gaz qurilmasining yoki ikkita "To‘raqo‘rg‘on" IESning quvvatiga teng.Ta’kidlanishicha, rekord qo‘yish bugun ham davom etib, 14-iyun sanasi mobaynida sutkalik elektr energiyasi iste’moli 238-239 mln kVt/soatga yetishi kutilyapti.Mazkur raqam 2022-yilning mos davrida qayd etilgan iste’mol miqdoridan qariyb 30 mln kVt/soat yoki 14,8 foiz ko‘pdir.2022 yilning iyul oyida yuz bergan eng anomal issiq haroratli davrda ham maksimal yuklama 10 800 MVtdan, sutkalik maksimal iste’mol hajmi esa 238,2 mln kVt/soatdan oshmagan edi.Elektr energiyasining yuqori iste’moli, ayniqsa, Toshkent shahrida kuzatilyapti. Masalan, 2021-yilning 13-iyun sanasida poytaxt aholisi 7,6 mln kVt/soat tok ishlatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilning xuddi shu kunida 17,08 mln kVt/soatni, bu yil esa 26,4 mln kVt/soatni tashkil qilgan.Ayrim hududlarda tizim doirasida ta’mirlash ishlarining muntazam olib borilishiga qaramasdan mavjud barcha elektr stansiyalari tomonidan yetarli miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarilyapti. Buning uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, zarur miqdorda yoqilg‘i materiallari zaxirasi qilingan, kerakli mutaxassislar, ishchi-xodimlar jalb etilgan. Shuningdek, kelishuvlarga asosan qo‘shni davlatlardan belgilangan hajmlarda elektr energiyasi import qilinib, ichki iste’molga yo‘naltirilyapti.Vazirlik xabarda yozilishicha, havo haroratining ko‘tarilishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham keskin oshadi. Natijada elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalar ortishi, tarmoqda esa turli nosozliklar kelib chiqishi tabiiy. Xususan, anomal issiq elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ham 20 foiz tushirib, tizimda yo‘qotishlarni hosil qilishi mumkin.Ortiqcha yuklama tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida fuqarolardan elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish so‘ralgan. Zarur bo‘lmaganda elektr qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yish kerakligi eslatilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22382027_374:0:2625:1688_1920x0_80_0_0_140e4bda6fcf3fa2ae5dd15559517ed1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
elektr energiyasi iste’moli rekord o‘zbekiston energetika vazirligi
elektr energiyasi iste’moli rekord o‘zbekiston energetika vazirligi
Elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord yangilandi — vazirlik
18:02 14.06.2023 (yangilandi: 18:25 14.06.2023) Elektr energiyasining eng yuqori iste’moli Toshkent shahrida kuzatilyapti.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. G‘ayritabiiy issiq ta’sirida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli hajmi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar yangilandi.
Energetika vazirligi
ma’lumotlariga ko‘ra, 13-iyun kuni mamlakatda jami 231,7 mln kVt/soat elektr energiyasi sarflandi. Bu miqdor iyun oyi uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan bir yil muqaddam xuddi shu kuni 202 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, o‘sish ko‘rsatkichi 14,7 foizni tashkil qilmoqda.
14 iyun kuni soat 11:00 ga qadar esa soatlik ehtiyoj hajmi 11 080 MVtni tashkil qildi. Bu esa 2022-yilning xuddi shu sanasidagi holat bilan taqqoslanganda, 1600 MVt (15,4 foiz) ko‘p elektr toki sarflangan, deganidir. Ushbu quvvat deyarli to‘rtta bug‘-gaz qurilmasining yoki ikkita "To‘raqo‘rg‘on" IESning quvvatiga teng.
Ta’kidlanishicha, rekord qo‘yish bugun ham davom etib, 14-iyun sanasi mobaynida sutkalik elektr energiyasi iste’moli 238-239 mln kVt/soatga yetishi kutilyapti.
Mazkur raqam 2022-yilning mos davrida qayd etilgan iste’mol miqdoridan qariyb 30 mln kVt/soat yoki 14,8 foiz ko‘pdir.
2022 yilning iyul oyida yuz bergan eng anomal issiq haroratli davrda ham maksimal yuklama 10 800 MVtdan, sutkalik maksimal iste’mol hajmi esa 238,2 mln kVt/soatdan oshmagan edi.
Elektr energiyasining yuqori iste’moli, ayniqsa, Toshkent shahrida kuzatilyapti. Masalan, 2021-yilning 13-iyun sanasida poytaxt aholisi 7,6 mln kVt/soat tok ishlatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilning xuddi shu kunida 17,08 mln kVt/soatni, bu yil esa 26,4 mln kVt/soatni tashkil qilgan.
Ayrim hududlarda tizim doirasida ta’mirlash ishlarining muntazam olib borilishiga qaramasdan mavjud barcha elektr stansiyalari tomonidan yetarli miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarilyapti. Buning uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan, zarur miqdorda yoqilg‘i materiallari zaxirasi qilingan, kerakli mutaxassislar, ishchi-xodimlar jalb etilgan. Shuningdek, kelishuvlarga asosan qo‘shni davlatlardan belgilangan hajmlarda elektr energiyasi import qilinib, ichki iste’molga yo‘naltirilyapti.
Vazirlik xabarda yozilishicha, havo haroratining ko‘tarilishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham keskin oshadi. Natijada elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalar ortishi, tarmoqda esa turli nosozliklar kelib chiqishi tabiiy. Xususan, anomal issiq elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ham 20 foiz tushirib, tizimda yo‘qotishlarni hosil qilishi mumkin.
Ortiqcha yuklama tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida fuqarolardan elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish so‘ralgan. Zarur bo‘lmaganda elektr qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yish kerakligi eslatilgan.