Chilonzordagi korxonada sodir bo‘lgan portlashda 1 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota skoroy pomoshi v Moskve
Rabota skoroy pomoshi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan va 14 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Avval xabar berilganidek, bugun, 14-iyun kuni soat 09:50 da Chilonzor tumani Astrobod ko‘chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasida texnologik jarayon buzilishi oqibatida portlash hodisasi sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan. Natijada sexning tom qismi konstruksiyalarining qulab tushishi va 50 kv.m maydonda ichki qismi va dastgohlarining yonishiga olib kelgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV va shahar FVB rahbariyati boshchiligida yong‘in-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, IIV, MG, SSB, Hududgaz va boshqa tegishli tashkilotlar hodimlari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, 16 nafar fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yuborilgan, shulardan 7 nafar fuqaroga ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli shifoxonadan javob berilgan.
Yangiliklar lentasi
0