O‘zbekistonda birinchi shamol trubinasi o‘rnatildi

© Yangi O‘zbekistonZarafshondagi birinchi shamol elektr stansiyasi
Zarafshondagi birinchi shamol elektr stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
BAA kompaniyasi bilan hamkorlik loyihasi doirasida jami 111ta shamol turbinasi o‘rnatiladi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Bugun, Zarafshon shahrida O‘zbekistonda birinchi shamol turbinasi o‘rnatildi, deb xabar qilmoqda "Yangi O‘zbekiston" nashri.
Xitoyning "Gold Wind" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shamol turbinasining quvvati 4,7 MVt, balandligi 97 metr, parraklarining uzunligi 77 metrni tashkil etadi.
© MinenergoPervaya vetranaya turbina v Uzbekistane
Pervaya vetranaya turbina v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Pervaya vetranaya turbina v Uzbekistane
BAAning "Masdar" kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida jami 111 ta shamol turbinasi o‘rnatiladi. 500 MVt quvvatga ega loyiha 500 mingta xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishni va atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,1 mln. tonnaga kamaytirishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur muqobil elektr stansiyaning ilk quvvatlari 2023-yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Qurilishi bitganidan so‘ng u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘lishi kutilmoqda.
© Yangi O‘zbekistonPervaya vetranaya elektrostansiya v Zarafshane
Pervaya vetranaya elektrostansiya v Zarafshane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Pervaya vetranaya elektrostansiya v Zarafshane
Yangiliklar lentasi
0