Xivada Xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi

© Turizm va madaniy meros vazirligi “Etnosport challenge 2022” festivali
“Etnosport challenge 2022” festivali  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
“Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Xivada Xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
“Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Xalqaro etnosport festivali 2023-yil 7–10 sentabr kunlari Xivada o‘tkaziladi.
Qaror bilan festivalni o‘tkazish tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, festival har 2-yilda bir marta o‘tkaziladi.
Festival doirasida, jumladan, quyidagilar tashkil etiladi:
sportchilar ishtirokida xalqaro musobaqalar;
ikki bosqichli milliy osh pishirish chempionati;
naqqoshlik va kashtado‘zlik san’ati ko‘rgazmasi;
kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi;
o‘zbek, fors, arab, rus tillarida nashr etilgan adabiyotlar namoyishi.
Festival doirasida xalqaro musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, sport tadbirlari ishtirokchilari orasidan “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi sportchi”, “Faxriy sportchi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlar aniqlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0