Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov senator bo‘ldi

© SIK UzbekistanaUlug‘bek Qosimov
Ulug‘bek Qosimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Qosimov yashirin ovoz berish yo‘li bilan Senat a’zoligiga saylandi
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Senatida Surxondaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov saylandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirok etdi.
“Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi”, - deyilgan xabarda.
Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. U faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabot va Denov tumanlari hokimi, viloyat prokurori sifatida ishlagan. 2019-2021 yillarda Farg‘ona viloyati prokurori bo‘lgan. 2021-2022 yillarda Toshkent shahar prokurori bo‘lib mehnat qilgan. 2022-yil dekabr oxirida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangandi, 2023-yil mart oyi o‘rtalarida esa rasman hokim lavozimiga tasdiqlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0