https://oz.sputniknews.uz/20230613/ukraina-xorijdan-olgan-texnikasini-yoqotdi-35942701.html
Ukraina xorijdan olgan texnikasining 25-30 foizini yo‘qotdi — Putin
Ukraina xorijdan olgan texnikasining 25-30 foizini yo‘qotdi — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Ukrainaga G‘arb davlatlari tomonidan yetkazib berilgan harbiy texnikaning uchdan birini yo‘q qildi.
2023-06-13T20:15+0500
2023-06-13T20:15+0500
2023-06-14T10:19+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
vladimir putin
ukraina
jurnalist
jurnalistlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0d/35942526_0:0:2968:1669_1920x0_80_0_0_58ffbd286e9185f753631831ac455522.jpg
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuv chog‘ida Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum paytida zirhli texnikadagi jiddiy yo‘qotishlarga duch kelganini aytdi. “Mening hisob-kitoblarimga ko‘ra, bu xorijdan yetkazib berilgan texnikalarning taxminan 25 foizi, balki 30 foizini tashkil etadi”, — dedi Putin.Ukraina QKning shaxsiy tarkib bo‘yicha yo‘qotishlarini Rossiya prezidenti "halokatli" deb atadi. "Rossiya askarlari orasida ham albatta yo‘qotishlar bor. Biz himoyalanuvchi tomon bo‘lganimiz uchun bizda yo‘qotishlar kamroq. Taxminan birga o‘n miqyosida deyishim mumkin. Aniq raqamlarni Mudofaa vazirligi aytadi", - deb qo‘shimcha qildi prezident.Shu bilan birga Rossiya bosh qo‘mondoni maxsus operatsiya maqsadlari o‘zgarmasligini va Ukrainani demilitarizatsiya qilish bosqichma-bosqich olib borilayotganini yana bir bor ta’kidladi. Shuningdek, davlat rahbari bugungi kunda Rossiya Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlar maxsus operatsiya hududiga jo‘natilmasligini va qo‘shimcha mobilizatsiyaga ehtiyoj yo‘qligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. Prezident aytishiga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyidan buyon 150 ming kishi Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0d/35942526_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_fa0adb70b8357e14a1abc2acecd207d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya ukraina g‘arb harbiy texnika maxsus operatsiya putin
rossiya ukraina g‘arb harbiy texnika maxsus operatsiya putin
Ukraina xorijdan olgan texnikasining 25-30 foizini yo‘qotdi — Putin
20:15 13.06.2023 (yangilandi: 10:19 14.06.2023) Rossiya Ukrainaga G‘arb davlatlari tomonidan yetkazib berilgan harbiy texnikaning uchdan birini yo‘q qildi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuv chog‘ida Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum paytida zirhli texnikadagi jiddiy yo‘qotishlarga duch kelganini aytdi.
"Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum vaqtida 160 tadan ziyod tanklarini yo‘qotdi. Zirhli texnikaga kelsak, yo‘qotishlar bundan ham jiddiyroq — ular 360 tadan ortiq turli turdagi zirhli texnikani yo‘qotdi", — dedi Rossiya prezidenti.
“Mening hisob-kitoblarimga ko‘ra, bu xorijdan yetkazib berilgan texnikalarning taxminan 25 foizi, balki 30 foizini tashkil etadi”, — dedi Putin.
Ukraina QKning shaxsiy tarkib bo‘yicha yo‘qotishlarini Rossiya prezidenti "halokatli" deb atadi.
“Yo‘qotishlar yaralanganlar bo‘lishi mumkin, yoki qurbonlar bo‘lishi mumkin. Odatda qaytarib bo‘lmas yo‘qotishlar 25% atrofida bo‘ladi, lekin ularda bu ko‘rsatgich 50 ka 50", - dedi Putin.
"Rossiya askarlari orasida ham albatta yo‘qotishlar bor. Biz himoyalanuvchi tomon bo‘lganimiz uchun bizda yo‘qotishlar kamroq. Taxminan birga o‘n miqyosida deyishim mumkin. Aniq raqamlarni Mudofaa vazirligi aytadi", - deb qo‘shimcha qildi prezident.
Shu bilan birga Rossiya bosh qo‘mondoni maxsus operatsiya maqsadlari o‘zgarmasligini va Ukrainani demilitarizatsiya qilish bosqichma-bosqich olib borilayotganini yana bir bor ta’kidladi.
Shuningdek, davlat rahbari bugungi kunda Rossiya Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlar maxsus operatsiya hududiga jo‘natilmasligini va qo‘shimcha mobilizatsiyaga ehtiyoj yo‘qligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. Prezident aytishiga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyidan buyon 150 ming kishi Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan.