Rossiya harbiylari Germaniyaning "Leopard" tanklarini qo‘lga kiritdi - video

© AP Photo / Michael Sohn"Leopard 2" tanki, arxiv surat
Leopard 2 tanki, arxiv surat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlari tomonidan Germaniyaning “Leopard” tankilari qo‘lga kiritishi aks etgan videoni namoyish qildi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukrainada o‘tkazilayotgan maxsus harbiy operatsiyadagi jangda Germaniyaning "Leopard" tanklarini egallab olishdi. Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘lga kiritilgan G‘arb texnikasi aks etgan videoni ko‘rsatdi.
"Mana, frislarning rosa maqtalgan "Leopard"i <...> Rossiyaga shon-sharaflar bo‘lsin!" - deydi videoda tank yonida bo‘lgan rossiyalik jangchi.
Tank “Leopard 2A6”ning o‘ziga xos himoya minorasiga ega. Rossiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, kadrlar Zaporojye yo‘nalishida rossiyalik harbiylar tomonidan suratga olingan.
Videoda qo‘lga kiritilgan Amerikaning "Bradley" piyoda jangovar mashinasi ham ko‘rsatilgan.
“Ayrim jangovar mashinalar – ishlab turgan dvigatellar bilan. Bu jang juda tez bo‘lib o‘tgani va Ukraina Qurolli kuchlari jangovar mashinalari ekipajlari jangga qodir texnikani tashlab qochganini anglatadi”, - deyilgan xabarda.
Bradley, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya tankchilari tungi jangda AQShda ishlab chiqarilgan “Bredli”ni yo‘q qildi - video
Yangiliklar lentasi
0