Vibori Prezidenta Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston

O‘zbekistonda shu kungacha prezidentlikka nomzodlar kim bo‘lgan va ular hozir qayerda?

O‘zbekistonning Mustaqilligi e’lon qilinganidan so‘ng, mamlakatda 1991, 2000, 2007, 2015, 2016, 2021-yillarda prezident saylovlari o‘tkazilgan. 2023-yil bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari prezident saylovi yettinchisi hisoblanadi.

O‘zbekistonning Mustaqilligi e’lon qilinganidan so‘ng, mamlakatda 1991, 2000, 2007, 2015, 2016, 2021-yillarda prezident saylovlari o‘tkazilgan. 2023-yil bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari prezident saylovi yettinchisi hisoblanadi.

1991 yil

1991 yil dekabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida Islom Karimov 86 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan.

2000 yil

2000 yil 9-yanvar

Prezident saylovida Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan Islom Abdug‘aniyevich Karimov va O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasidan Abdulhafiz Maraximovich Jalolov nomzodlari ilgari surilgan.

Nomzodlarning saylovdagi natijalari:

Islom Karimovga 11 mln 147 ming 621 saylovchi (91,90%) ovoz bergan.

Abdulhafiz Jalolovga 505 ming 161 saylovchi (4,71%) ovoz bergan.

Nomzodlar hozir qayerda?

Islom Karimov – O‘zbekistonning birinchi prezidenti, 2016 yil vafot etgan;

Abdulhafiz Jalolov – 1993-2001 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutiga rahbarlik qilgan. Shundan so‘ng Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Oliy pedagogika instituti professori lavozimlarida ishlagan. 2019-yil vafot etgan.

2007 yil

2007 yil 23-dekabr

Prezident saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Islom Karimov, O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan Asliddin Ashurboyevich Rustamov, saylovchilar tashabbuskor guruhidan ko‘rsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidov, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Dilorom G‘ofurjonovna Toshmuhamedova nomzodlari ilgari surilgan.

Nomzodlarning saylovdagi natijalari:

Islom Karimovga 13 mln 8 ming 357 nafar saylovchi (88,1%) ovoz bergan;

Asliddin Rustamovga 468 ming 64 nafar saylovchi (3,17%) ovoz bergan;

Akmal Saidovga 420 ming 815 nafar saylovchi (2,85%) ovoz bergan;

Dilorom Toshmuhamedovaga 434 ming 111 nafar saylovchi (2,9%) ovoz bergan.

Nomzodlar hozir qayerda?

Islom Karimov – O‘zbekistonning birinchi prezidenti, 2016 yil vafot etgan;

Asliddin Rustamov – 2007-2012 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari bo‘lgan. Hozirda O‘zbekiston “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki”da protokol boshkarmasida bosh mutaxassis lavozimida ishlaydi;

Akmal Saidov – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari;

Dilorom Toshmuhamedova – Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

2015 yil

2015 yil 29-mart

Prezident saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Islom Abdug‘aniyevich Karimov, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Akmal Xolmatovich Saidov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Majitovich Umarov nomzodlari ilgari surilgan.

Nomzodlarning saylovdagi natijalari:

Islom Karimovga 17 mln 122 ming 597 nafar saylovchi (90,39%) ovoz bergan;

Akmal Saidovga 583 ming 309 nafar saylovchi (2,92%) ovoz bergan;

Hotamjon Ketmonovga 552 ming 309 nafar saylovchi (2,92%) ovoz bergan;

Narimon Umarovga 389 ming 24 nafar saylovchi (2,05%) ovoz bergan.

Nomzodlar hozir qayerda?

Islom Karimov – O‘zbekistonning birinchi prezidenti, 2016 yil vafot etgan;

Akmal Saidov – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari;

Hotamjon Ketmonov – Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

Narimon Umarov – Oliy Majlis Senatining Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi.

2016 yil

2016 yil 4-dekabr

Prezident saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Sarvar Sadullayevich Otamurodov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Majitovich Umarov nomzodlari ilgari surilgan.

Nomzodlarning saylovdagi natijalari:

Shavkat Mirziyoyevga 15 mln 906 ming 724 nafar saylovchi (88,61%) ovoz bergan;

Sarvar Otamurodovga 421 ming 55 nafar saylovchi (2,35%) ovoz bergan;

Hotamjon Ketmonovga 669 ming 187 nafar saylovchi (3,73%) ovoz bergan;

Narimon Umarovga 619 ming 972 nafar saylovchi (3,46%) ovoz bergan.

Nomzodlar hozir qayerda?

Shavkat Mirziyoyev – O‘zbekistonning amaldagi prezidenti;

Sarvar Otamurodov – Moliya institutining "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi professor o‘qituvchisi;

Hotamjon Ketmonov – Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

Narimon Umarov – Oliy Majlis Senatining Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi.

2021 yil

2021 yil 24-oktabr

Prezident saylovida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduraximovich Abduhalimov, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Narzullo Naimovich Oblomuradov, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Keldiyevich Qodirov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maksuda Azizovna Varisova,O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodlari ilgari surilgan.

Nomzodlarning saylovdagi natijalari:

Bahrom Abduhalimovga 549 ming 766 nafar saylovchi (3,39%) ovoz bergan;

Narzullo Oblomuradovga 670 ming 641 nafar saylovchi (4,14%) ovoz bergan;

Alisher Qodirovga 888 ming 513 nafar saylovchi (5,48%) ovoz bergan;

Maqsuda Varisovaga 1 075 016 nafar saylovchi (6,63%) ovoz bergan;

Shavkat Mirziyoyevga 12 988 964 nafar saylovchi (80,12%) ovoz bergan.

Nomzodlar hozir qayerda?

Bahrom Abduhalimov – “Adolat” SDP raisi;

Narzullo Oblomuradov – Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari;

Alisher Qodirov – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari;

Maqsuda Varisova – Xalq demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari;

Shavkat Mirziyoyev – O‘zbekistonning amaldagi prezidenti.

2023 yil

2023 yil 9-iyul

Muddatidan ilgari prezident saylovida ilgari surilgan nomzodlar:

Abdushukur Xudoykulovich Hamzayev – 2022-yildan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining raisi.

Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari.

Mahmudova Robaxon Anvarovna – O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi. Ayni vaqtda sudyalik vakolatlari to‘xtatilgan.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – O‘zbekistonning amaldagi prezidenti.

Boshlanishiga qaytishAsosiy sahifaga o‘tish
Yangiliklar lentasi
0