Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistondagi prezident saylovida MDH kuzatuvchilari missiyasiga Lebedev rahbarlik qiladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovSergey Lebedev, arxiv surat
Sergey Lebedev, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
MDH bosh kotibi 2015, 2016 va 2021-yillarda ham O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilgan.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi muddatidan ilgari prezident saylovida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kuzatuvchilari missiyasiga MDH bosh kotibi Sergey Lebedev rahbarlik qiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Bunday qaror Hamdo‘stlikning nizom va boshqa organlari huzuridagi Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning doimiy vakolatli vakillari kengashi sayyor majlisida qabul qilingan.
Qayd etish joizki, Lebedev, 2015, 2016 va 2021-yillarda ham O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi 9-iyul kuniga belgilangan. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 28-iyun-5 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vazirligining MSKga kelib tushgan taqdimnomasiga asosan 39 ta O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0