Hunarmandlar uchun qator yengilliklar beriladi - tafsilotlar

© Press-slujba Respublikanskoy assotsiatsii "Remeslennik"Hunarmandchilik mahsulotlari, arxiv surat
Hunarmandchilik mahsulotlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Hunarmandlar maskani barpo etilib, har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha joylar ijaraga beriladi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-martgacha Hunarmandlar maskani barpo etiladi va har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha joylar ijaraga beriladi.
Maskan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududda 0,3 gektar yer uchastkasida namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvargacha “Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun:
kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
tovar belgilarini milliy ro‘yxatdan o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.
2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag‘larning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib qayta nomlandi va 2023-yil 15-iyundan hunarmandchilikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar ro‘yxati tasdiqlandi.
2023 yil 1-iyuldan hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari sifatida jo‘natish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (jo‘natish xarajatlarisiz) 50 foizidan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
Qolaversa, davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun faqat Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0