https://oz.sputniknews.uz/20230613/bogcha-shifoxona-asal-mahsuloti-35931449.html
Bog‘cha va shifoxonalarda kunlik ratsionga asal mahsuloti kiritiladi
Bog‘cha va shifoxonalarda kunlik ratsionga asal mahsuloti kiritiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2023-06-13T15:33+0500
2023-06-13T15:33+0500
2023-06-13T15:33+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bog‘chalar
shifoxona
asal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1223/81/12238168_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_4f5b001c4af14ea9ed7b34bb51a38775.jpg
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik ratsioniga asal mahsuloti kiritiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.“Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi.2024 yildan intensiv mevali bog‘larda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qo‘llash choralari ko‘riladi.Har yili 1–10 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.Asalarichilik subyektlarining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil qilinadigan ko‘rgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.“Fermerlar maktabi”da paxta maydonlari va intensiv mevali bog‘larda asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1223/81/12238168_135:0:2866:2048_1920x0_80_0_0_69978e3301498fc33f2adfff01f34ecd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bog‘cha va shifoxona asal mahsuloti
bog‘cha va shifoxona asal mahsuloti
Bog‘cha va shifoxonalarda kunlik ratsionga asal mahsuloti kiritiladi
“Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik ratsioniga asal mahsuloti kiritiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali
xabar berdi. “Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun g‘o‘zani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qo‘llaniladi.
Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi.
2024 yildan intensiv mevali bog‘larda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qo‘llash choralari ko‘riladi.
2023 yil 1-sentabrdan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik iste’mol ratsioniga asal mahsulotini kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Har yili 1–10 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.
Asalarichilik subyektlarining “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil qilinadigan ko‘rgazma va konferensiyalarda doimiy ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
“Fermerlar maktabi”da paxta maydonlari va intensiv mevali bog‘larda asalarilar bilan changlatish agrotexnikasini qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.