AQSh Ukrainani kam boyitilgan uranli snaradlar bilan ta’minlamoqchi

© U.S. Air National Guard / Staff Sgt. Nicholas PerezAQShning kam boyitilgan uranli snaradlari, arxiv surat
AQShning kam boyitilgan uranli snaradlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2023
Obuna bo‘lish
AQShning Ukrainaga radioaktiv snaradlar yetkazib berishi — ular Rossiyaga qarshi so‘nggi ukrainalik o‘lgunicha kurashishga qaror qilganining yana bir dalili.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Oq uy "Abrams" tanklari uchun kam boyitilgan uranli tank snaradlarini Ukrainaga taqdim etishni ma’qullamoqchi. Bu haqda "The Wall Street Journal" AQSh rasmiylariga tayangan holda xabar berdi.
AQSh Kiyevga berayotgan "Abrams" tanklarini qanday qurollash bo‘yicha bir necha haftalik ichki munozaralardan so‘ng Bayden ma’muriyati Ukrainaga kam boyitilgan uranli snaradlar berishi kutilmoqda.

Davlat xizmatchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, hozirda kam boyitilgan uranli o‘q-dorilar jo‘natishni ma’qullash uchun jiddiy to‘siqlar yo‘q. Ammo Oq uydagi ba’zi mansabdor shaxslar bu snaradlarning yuborilishi Vashingtonni tanqid ostiga qo‘yishidan xavotir bildirishdi, chunki ular inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavf tug‘diradi.

Mart oyida Britaniya "Challenger" tanklari bilan birga kam boyitilgan uranli snaradlarni Kiyevga yuborish rejasini e’lon qilgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu tashabbus haqida gapirar ekan, G‘arb Rossiyaga qarshi faqat gap bilan emas, amalda ham so‘nggi ukrainalik o‘limigacha kurashishga qaror qilganini ta’kidlab o‘tdi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ta’kidlaganidek, agar Britaniya Kiyevga kam boyitilgan uranli snaradlarni topshirsa, bu London uchun yomon oqibatlarga olib keladi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova bunday o‘q-dorilardan foydalanishni qurollar qo‘llanilayotgan hudud aholisiga qarshi genotsid sifatida baholadi.
Kam boyitilgan uranli snaradlardan foydalan hududda radioaktiv chang yerga o‘tiradi, bu juda zaharli bo‘lib, mazkur hududni zararsizlantirishning iloji yo‘q. Bunday snaradlardan foydalanish saraton kasalligining ommaviy paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. AQSh qo‘shinlari 1991-yilda "Cho‘l bo‘roni" operatsiyasi paytida, 1999-yilda Yugoslaviyani bombardimon qilish paytida va 2003-yilda Iroqqa bostirib kirishdan keyin kam boyitilgan uranli o‘qlardan foydalangan.
Yangiliklar lentasi
0