https://oz.sputniknews.uz/20230612/ukraina-mojarosi-yadroviy-kallaklar-oshdi-35901853.html
Ukraina mojarosi fonida dunyoda yadroviy kallaklar soni oshdi — Tinchlik instituti
Ukraina mojarosi fonida dunyoda yadroviy kallaklar soni oshdi — Tinchlik instituti
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina mojarosi fonida Rossiya va AQSh yadroviy qurollarini yuqori shaylik darajasia keltirdi, dunyoda yadroviy kallaklar soni oshdi.
2023-06-12T15:01+0500
2023-06-12T15:01+0500
2023-06-12T15:01+0500
dunyoda
yadro quroli
yadrosiz dunyo
yadro jomadoni
yadroviy dastur
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1c/33281966_0:346:2929:1993_1920x0_80_0_0_02b8c2d94130dc2573cf4d7d5483ca2a.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Ukraina mojarosi fonida dunyoda joylashtirilgan yadroviy jangovar kallaklar soni tobora ortib bormoqda, deya xabar beradi Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI). RIA Novosti xabariga asosan.Institut statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar oyida Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Shimoliy Koreya va Isroil kabi mamlakatlarda jami 12 512 ta yadro quroli mavjud bo‘lib, ulardan 9 576 tasi potensial omborlarda bo‘lgan. Bu 2022-yil yanvar oyiga nisbatan 86 donaga ko‘pdir. Shu bilan birga, ikki mingga yaqin jangovar kallaklar (deyarli barchasi Amerika va Rossiyaniki) yuqori shaylik holatiga keltirilgan.2023 yil boshida joylashtirilgan jangovar kallaklar soni soni bo‘yicha yetakchi Amerika Qo‘shma Shtatlari — 1770 ta kallak, Rossiyada ularning soni 1674 ta. AQSh va Rossiya birgalikda dunyodagi yadro qurollari zaxiralarining qariyb 90 foiziga ega. SIPRI hisob-kitobiga ko‘ra, Xitoy yadroviy arsenali hajmi 350 tadan 410 tagacha o‘sgan va raqamlar o‘sishda davom etmoqda.O‘n yillik oxiriga kelib Xitoy o‘z yadro arsenalini AQSh va Rossiya darajasiga yetkazishi mumkin, deyiladi hisobotda. Fransiyada yadrov kallaklar soni — 280 ta, Britaniyada — 120ta. Hindiston va Pokiston ham yadro arsenallarini kengaytirmoqda. KXDR harbiy yadro dasturiga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda. Pxenyanda hozirda 30 ga yaqin jangovar kallaklar va yana 50-70 ta ishlab chiqarish uchun yetarli materiallar mavjud.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1c/33281966_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_bbe9ac727448361aa91f55de5bcb8e92.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya aqsh yadroviy qurol kallaklar ukraina mojarosi
rossiya aqsh yadroviy qurol kallaklar ukraina mojarosi
Ukraina mojarosi fonida dunyoda yadroviy kallaklar soni oshdi — Tinchlik instituti
So‘nggi yil davomida Rossiya va AQSh yadroviy qurollarini yuqori shaylik darajasia keltirdi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Ukraina mojarosi fonida dunyoda joylashtirilgan yadroviy jangovar kallaklar soni tobora ortib bormoqda, deya xabar beradi Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI). RIA Novosti
xabariga asosan.
Institut statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar oyida Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Shimoliy Koreya va Isroil kabi mamlakatlarda jami 12 512 ta yadro quroli mavjud bo‘lib, ulardan 9 576 tasi potensial omborlarda bo‘lgan. Bu 2022-yil yanvar oyiga nisbatan 86 donaga ko‘pdir. Shu bilan birga, ikki mingga yaqin jangovar kallaklar (deyarli barchasi Amerika va Rossiyaniki) yuqori shaylik holatiga keltirilgan.
2023 yil boshida joylashtirilgan jangovar kallaklar soni soni bo‘yicha yetakchi Amerika Qo‘shma Shtatlari — 1770 ta kallak, Rossiyada ularning soni 1674 ta. AQSh va Rossiya birgalikda dunyodagi yadro qurollari zaxiralarining qariyb 90 foiziga ega.
SIPRI hisob-kitobiga ko‘ra, Xitoy yadroviy arsenali hajmi 350 tadan 410 tagacha o‘sgan va raqamlar o‘sishda davom etmoqda.O‘n yillik oxiriga kelib Xitoy o‘z yadro arsenalini AQSh va Rossiya darajasiga yetkazishi mumkin, deyiladi hisobotda.
Fransiyada yadrov kallaklar soni — 280 ta, Britaniyada — 120ta. Hindiston va Pokiston ham yadro arsenallarini kengaytirmoqda. KXDR harbiy yadro dasturiga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda. Pxenyanda hozirda 30 ga yaqin jangovar kallaklar va yana 50-70 ta ishlab chiqarish uchun yetarli materiallar mavjud.