Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Xerson yaqinida Denis Manturovni o‘qqa tutmoqchi bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVistavka Innoprom 2021 v Tashkente
Vistavka Innoprom 2021 v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2023
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari jo‘nab ketganidan bir necha daqiqa o‘tib u bo‘lgan joyga raketa zarbasi berildi.
MOSKVA, 11-iyun — Sputnik. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Xerson viloyatiga tashrifi chog‘ida Ukraina Qurolli kuchlari uni o‘qqa tutmoqchi bo‘ldi. Vazir jo‘nab ketganidan so‘ng bir necha daqiqa o‘tib u bo‘lgan joyga raketa zarbasi berildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Bir kun avval Bosh vazir o‘rinbosari Xerson viloyatiga borib, u yerda viloyat rahbariyati bilan suv bosgan hududlar aholisiga yordam ko‘rsatish, ularni zarur tovarlar, jumladan, dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalarini muhokama qildi”, — deyiladi Sanoat va savdo vazirligi xabarida.
Vazir haqiqatan ham Ukraina Qurolli Kuchlari Britaniyaning Storm Shadow raketalari bilan o‘qqa tutilgan joyda bo‘lganmi, degan savolga departament vakili ijobiy javob berdi. Shu tariqa, u avval Telegram kanallarida paydo bo‘lgan ma’lumotlarni tasdiqladi.
Manturovning Xerson viloyatiga tashrifi haqida ma’lum bo‘lgach, Ukraina ijtimoiy tarmoqlarida "keyingi safar uni o‘qqa tutish" haqida tahdidlar paydo bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 6-iyunga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Kaxovskaya gidroelektr stansiyasini o‘qqa tutiganidan so‘ng Xerson viloyatining o‘nlab aholi punktlari suv ostida qolgan edi. Suv bosgan hududlardan olti mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu voqea keng ko‘lamli ekologik va gumanitar falokatga olib kelganini ta’kidladi, Tergov Qo‘mitasi jinoiy ish ochdi.
Kaxovka GESi Xerson viloyati Novaya Kaxovka shahridan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Dnepr GES kaskadining oltinchi (quyi va oxirgi) bosqichi bo‘lib, 2022-yil 30-sentabrdan referendum natijasida Rossiya tarkibiga kirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0