Toshkentlik nuroniylar uchun Buxoroga sayohat tashkil etildi

© Transport vazirligi Axborot xizmatinuroniylar
nuroniylar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2023
Obuna bo‘lish
Shayhontohur tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi nuroniylar Buxoro shahrida sayohatda bo‘lishdi.
TOShKENT, 12-iyun – Sputnik. Toshkentning Shayhontohur tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi nuroniylarning Buxoro shahriga sayohati tashkil etildi. Sayohat Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi, deya yozilmoqda vazirlik xabarida.
Sayohat davomida nuroniylar Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylari, jumladan, “Bahouddin Naqshbandiy” ziyoratgohi, "Sitorai Mohi Xosa”, “Ark” saroyi, “Minorai Kalon” masjidi, “Mir Arab” madrasasi hamda “Labi hovuz” qadimiy qadamjolarini ziyorat qilishdi.
Sayohat mahalla faollari, nuroniylar vakillarining mamlakat hududlariga sayohatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0