Taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatish tartibi o‘zgartiriladi — yangi qonun

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishDojd v Moskve
Dojd v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2023
Obuna bo‘lish
Yangi qonun qabul qiliganidan so‘ng taqiqlovchi belgilar o‘rnatish haqida jamoatchilik kamida 20 kun oldin ogohlantiriladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda taqilovchi yo‘l belgilari o‘rnatish tartibi o‘zgartiriladi. Bu haqida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilga yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan. Bugun AOKAda ushbu qonun loyihasiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Yangi qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda taqiqlovchi belgilar o‘rnatishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

O‘zbekistonda yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi va reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi;
Taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qorqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi;
Taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilishidan kamida 20 kun oldin bunday qaror qilish sabablari haqida jamoatchilik ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilinadi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning yo‘l bo‘lgilari o‘rnatish to‘g‘risidagi murojaatlari qonunida belgilangan tartib va muddatlarda, vakolatli davlat orgalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va kerakli qaror qabul qilinadi;
Matbuot anjumanida ma’lum bo‘lishicha, 2022-yil davomida tuman va shahar hokimlarining yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi 5 ta qarori bekor qilingan. Shuningdek, taqiqlovchi yo‘l belgilari yo‘l harakati qatnashchilarini oldindan xabardor qilmasdan o‘rnatish holatlari ko‘p uchramoqda.
Yangiliklar lentasi
0