Samolyot hojatxonasida chekkan yo‘lovchi jarimaga tortildi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishTamaki mahsulotlari chekish. Arxiv surat
Tamaki mahsulotlari chekish. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2023
Obuna bo‘lish
Samolyot Samarqand aeroportiga yetib kelanidan so‘ng yo‘lovchi jarimaga tortildi
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. "Silk Avia" aviakompaniyasining Toshkent — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyot bortida sigaret chekkan yo‘lovchi jarimaga tortildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, parvoz davomida 70 yoshli ayol samolyot hojatxonasida sigaret chekishni boshlagan. Tamaki mahsulotlari hidini sezgan bort kuzatuvchilari yo‘lovchini ogohlantirgan. Bunga javoban ayol o‘z noroziligini bildirgan.
Samarqand aeroportida huquq-tartibot xodimlari yo‘lovchiga nisbatan BHMning 2 baravar miqdorida jarima belgilangan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishgan.
Samolyot bortida chekishni ta’qiqlangani O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 122-moddasi 2-qismi bilan tartibga solingan. Bu nafaqat boshqa yo‘lovchilar uchun yoqimsiz hid, balki parvoz xavfsizligiga ham ta’sir qilishi mumkin, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0