https://oz.sputniknews.uz/20230612/rossiya-harbiylari-artyomovsk-hududida-ukraina-qkning-hujumini-qaytardi-35896814.html
Rossiya harbiylari Artyomovsk hududida Ukraina QKning hujumini qaytardi
Rossiya harbiylari Artyomovsk hududida Ukraina QKning hujumini qaytardi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning “Yug” guruhi Lisichansk yo‘nalishida Ukraina qo‘shinlarining jang bilan razvedka o‘tkazishga urinishini yo‘qqa chiqardi va Soledaro-Artyomovskda dushman hujumini qaytardi
2023-06-12T10:16+0500
2023-06-12T10:16+0500
2023-06-12T10:16+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
artyomovsk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/11/33981689_0:0:2481:1395_1920x0_80_0_0_e840546d7bfe01b72ea3dd8cd7075cd3.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiyaning “Yug” guruhi Lisichansk yo‘nalishida Ukraina qo‘shinlarining jang bilan razvedka o‘tkazishga urinishini yo‘qqa chiqardi va Soledaro-Artyomovskda dushman hujumini qaytardi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga guruh matbuot markazi rahbari Vadim Astafyev.Guruh artilleriyasi Belogorovka, Xromovo va Drujba aholi punktlari hududida dushmanning 120 mm minomotlarining o‘q otish joylarini yakson qildi.Bundan tashqari, "Tulpan" o‘ziyurar minomotining ekipaji Belogorovka hududidagi o‘q-dorilarni saqlash punkti va dushman mudofaa pozitsiyalariga, shuningdek, Drujba hududida Ukraina QKning 24-mexaniklashtirilgan brigadasi qo‘shinlari boshpana joyiga zarba berdi."Krasnogorovka hududida dushmanning o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi. Krasnoe aholi punkti hududida Kiyev rejimi qo‘shinlari pozitsiyalarida piyoda jangovar mashinasi va pikap yo‘q qilindi", - deya qo‘shimcha qildi Astafyev.“Osa-AKM” zenit-raketa tizimlari ekipajlari Avdeyevka yo‘nalishida Ukrainaning “Leleka-100” va Marinskiy yo‘nalishida “Furiya” dronlarini urib tushirishdi.
ukraina
artyomovsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/11/33981689_0:0:2211:1658_1920x0_80_0_0_10d02df28272d0fe418afe1b0e2741e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya harbiylari artyomovsk hududida ukraina qkning hujumini qaytardi
rossiya harbiylari artyomovsk hududida ukraina qkning hujumini qaytardi
Rossiya harbiylari Artyomovsk hududida Ukraina QKning hujumini qaytardi
Rossiya QK Ukraina qo‘shinlari shturm guruhining Soledaro-Artyomovskiy yo‘nalishidagi hujumini qaytardi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiyaning “Yug” guruhi Lisichansk yo‘nalishida Ukraina qo‘shinlarining jang bilan razvedka o‘tkazishga urinishini yo‘qqa chiqardi va Soledaro-Artyomovskda dushman hujumini qaytardi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga guruh matbuot markazi rahbari Vadim Astafyev.
"Janubiy" kuchlar guruhining bo‘linmalari dushmanning Lisichansk yo‘nalishida razvedka o‘tkazishga urinishini yo‘qqa chiqardi, shuningdek, Ukraina QK shturm guruhining Soledaro-Artyomovsk yo‘nalishidagi hujumini muvaffaqiyatli qaytardi", - dedi u.
Guruh artilleriyasi Belogorovka, Xromovo va Drujba aholi punktlari hududida dushmanning 120 mm minomotlarining o‘q otish joylarini yakson qildi.
Bundan tashqari, "Tulpan" o‘ziyurar minomotining ekipaji Belogorovka hududidagi o‘q-dorilarni saqlash punkti va dushman mudofaa pozitsiyalariga, shuningdek, Drujba hududida Ukraina QKning 24-mexaniklashtirilgan brigadasi qo‘shinlari boshpana joyiga zarba berdi.
"Krasnogorovka hududida dushmanning o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi. Krasnoe aholi punkti hududida Kiyev rejimi qo‘shinlari pozitsiyalarida piyoda jangovar mashinasi va pikap yo‘q qilindi", - deya qo‘shimcha qildi Astafyev.
“Osa-AKM” zenit-raketa tizimlari ekipajlari Avdeyevka yo‘nalishida Ukrainaning “Leleka-100” va Marinskiy yo‘nalishida “Furiya” dronlarini urib tushirishdi.