https://oz.sputniknews.uz/20230612/ozbekiston-maktab-oqituvchilar-bogcha-tarbiyachilari-35908266.html
O‘qituvchilar va tarbiyachilar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
O‘qituvchilar va tarbiyachilar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilari 1-iyuldan 1-avgustgacha bepul sog‘lomlashtiriladi.
2023-06-12T17:06+0500
2023-06-12T17:06+0500
2023-06-12T17:06+0500
jamiyat
o‘zbekiston
salomatlik
maktab
bog‘chalar
o‘qituvchilar
tibbiyot muassasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
tibbiy ko‘rik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35790097_0:143:3132:1905_1920x0_80_0_0_c17a9f2d924cba5078e06540746baa76.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Joriy yil 1-iyuldan 1-avgustgacha “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” aksiyasi o‘tkaziladi. Unda ta’lim sohasi xodimlari, maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilari profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar hamda skriningdan o‘tkaziladi, deya xabar berdi SSV. Aksiya davomida tibbiy tekshiruv natijalariga muvofiq, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davlat ko‘magida o‘qituvchi va murabbiylarning salomatligini tiklash va mustahkamlash choralarini ko‘rish ko‘zda tutilgan.Tibbiy ko‘riklar yakunida:O‘z navbatida, olis va chekka hamda chegara hududlarda sayyor tibbiy brigadalar tomonidan ko‘riklar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilmoqda.Ma’lumot uchun, ayni damda 10 ming 118 ta umumta’lim maktabida 6,3 million nafardan ziyod o‘quvchiga qariyb 510 ming nafar o‘qituvchi ta’lim beradi. Shuningdek, 29 ming 420 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ularda 2 ming 100 million nafar bola tarbiyalanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35790097_201:0:2932:2048_1920x0_80_0_0_b300f6a1c55a30e81f02eb3e3335fa7e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston maktab o‘qituvchilari bog‘cha tarbiyachilari
o‘zbekiston maktab o‘qituvchilari bog‘cha tarbiyachilari
O‘qituvchilar va tarbiyachilar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilari 1-iyuldan 1-avgustgacha bepul sog‘lomlashtiriladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Joriy yil 1-iyuldan 1-avgustgacha “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” aksiyasi o‘tkaziladi. Unda ta’lim sohasi xodimlari, maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilari profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar hamda skriningdan o‘tkaziladi, deya xabar berdi
SSV.
Aksiya davomida tibbiy tekshiruv natijalariga muvofiq, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davlat ko‘magida o‘qituvchi va murabbiylarning salomatligini tiklash va mustahkamlash choralarini ko‘rish ko‘zda tutilgan.
Dastlab ta’lim sohasi xodimlari orasidan tibbiy xizmatga ehtiyoji bor kontingent ro‘yxati shakllantirilib, ular yoshi, jinsi va salomatlik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga ajratiladi. Shundan so‘ng ular maxsus tibbiy brigadalar tomonidan profilaktik va chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘riklar yakunida:
hayotida ilk bor surunkali kasallik aniqlanganlar dispanser nazoratiga olinib, individual sog‘lomlashtiriladi;
o‘tkir va surunkali kasalliklar qayd etilgan bemorlardan bir guruhi birlamchi bo‘g‘indagi kunduzgi shifoxonalarda ambulator sharoitda, statsionar yordamga muhtoj qatlam esa tuman, shahar hamda viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanadi;
yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga ehtiyoji bor bemorlarga viloyat va respublika muassasalariga imtiyozli yo‘llanmalar taqdim etiladi.
O‘z navbatida, olis va chekka hamda chegara hududlarda sayyor tibbiy brigadalar tomonidan ko‘riklar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni damda 10 ming 118 ta umumta’lim maktabida 6,3 million nafardan ziyod o‘quvchiga qariyb 510 ming nafar o‘qituvchi ta’lim beradi. Shuningdek, 29 ming 420 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ularda 2 ming 100 million nafar bola tarbiyalanadi.