"KamAZ" O‘zbekiston fuqarolariga ish o‘rinlari taklif qilmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishTataristondagi KamAZ zavodida KamAZ 5490 NEO avtomobilini yig‘ish liniyasida radiator panjarasiga logotipni o‘rnatish
Tataristondagi KamAZ zavodida KamAZ 5490 NEO avtomobilini yig‘ish liniyasida radiator panjarasiga logotipni o‘rnatish
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan "KamAZ" O‘zbekiston fuqarolariga o‘z korxonalaridan ish joylari taklif qilmoqda.
TOShKENT, 12-iyun – Sputnik. Dushanba kuni O‘zbekistonda “KamAZ kunlari” boshlandi, bir hafta ichida Rossiya korxonasi vakillari Rossiya Federatsiyasida ishga joylashish imkoniyatlari haqida so‘zlab beradi, deb xabar beradi Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Aprel oyida "KamAZ" bosh direktori o‘rinbosari Janna Xaliullina RIA Novostiga avtozavod O‘zbekistonda Rossiyada ishlash uchun mahalliy fuqarolarga ommabop kasblar bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarni o‘rgatish niyatida ekanligini aytgan edi.
“12 iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Rossiya korxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "KamAZ" kunlari boshlandi”, — deyiladi Oliy ta’lim vazirligi saytida.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “KamAZ kunlari” Toshkent (12-13 iyun) va Samarqand (15-16 iyun) shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Rossiya kompaniyasi vakillari O‘zbekistondagi oliy va kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Rossiya Federatsiyasidagi "KamAZ" korxonalarida ishga joylashtirish imkoniyatlari bilan tanishtiradi.

Oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Tataristondagi "KamAZ" zavodlarida O‘zbekistondan 900 bo‘lajak kadrlar tayyorlanmoqda, respublikadan 1800 nafar mutaxassis ishlab chiqarishda allaqachon mehnat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0