Chorsu va Eski juva bozorlarida zamonaviy savdo do‘konlari quriladi

© Madaniy meros agentligiRinok Chorsu. Rekonstruksiya
Rinok Chorsu. Rekonstruksiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2023
Obuna bo‘lish
Prezident qaroriga muvofiq Chorsu va Eski juva dehqon bozorlari rekonstruksiya qilinadi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Toshkent shahridagi Chorsu va Eski juva dehqon bozorlari hududi tartibga keltirilib, turistik jozibadorligi oshiriladi. Bu haqda prezidentning Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qarorida so‘z borgan.
Poytaxtning Chorsu va Eski juva dehqon bozorlari 2023-yil oxirigacha tartibga keltirilib, turistik jozibadorligi oshiriladi. Bunda zamonaviy savdo rastalari va ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish, irrigatsiya tarmoqlarini yangilash va binolarni milliy arxitektura asosida rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.
Hujjatga muvofiq, bozor hududidagi tartibsiz qurilmalar o‘rniga loyiha asosida zamonaviy savdo rastalari joylashtiriladi. Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko‘p qavatli avtoturargohlar tashkil etish, piyodalar yo‘laklarini qurish va irrigatsiya tarmoqlarini yangilash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, bo‘sh turgan bino-inshootlarni milliy arxitektura ishlanmalarini aks ettirgan loyihalar asosida rekonstruksiya qilish, yer maydonlarida yangi savdo rastalarini qurish rejalashtirilgan.
Loyihani amalga oshirish muddati etib 2023-yil dekabr oyi ko‘rsatilgan. Ishlarning qiymati loyiha-smeta hujjatlariga asosan belgilanishi, moliyalashtirish manbai bank kreditlari va bozorlarning mablag‘lari ekani qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Toshkent shahrida 66 ta bozor mavjud. Ulardan 4 ta mashhur bozor (Chorsu, Oloy, Mirobod va Yangiobod) eng katta sayyohlik salohiyatiga ega.
Yangiliklar lentasi
0