Avtomobil nomeridagi harflar nimani anglatadi?
18:53 12.06.2023 (yangilandi: 18:29 16.06.2023)
Obuna bo‘lish
Avtomobillarning davlat raqamlari IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish uchun qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda avtomobil davlat raqamlarni berish Vazirlar Mahkamasining 131-sonli qarori bilan belgilanadi.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, davlat raqami seriyasida ko‘rsatilgan harflar ushbu transport vositasining turli davlat organlari, diplomatik korpus va xalqaro takilotlar vakillari yoki tasi xizmatiga tegishli ekanini bildiradi.
Xususan:
PAA — Prezident Administratsiyasi xodimlari;
PSS — Prezidentining xavfsizlik xizmati;
PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari;
APC — vazirliklar va davlat qo‘mitalari rahbariyati;
VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSV, PSF — ichki ishlar idoralari;
TSS, TST — davlat xavfsizlik idoralari;
ZDF — Bosh prokuratura xodimlari;
DXA — Adliya vazirligi;
FVV — Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari;
TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG — taksilar;
D — diplomatlar (yashil rangli) uchun;
CMD — elchilar, vakillar (yashil rangli) uchun;
T — texnik personal (yashil rangli) uchun;
M — xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar;
X — konsulliklar, savdo vakolatxonalar;
UN — BMT tuzilmalari vakolatxonasi (ko‘k rangli);
H - Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (sariq rangli).