Surxondaryodagi xonadonlardan birida noyob turdagi kiyik topildi

© IA "Dunyo"Surxondaryodagi xonadonlardan birida noyob turdagi kiyik topildi
Surxondaryodagi xonadonlardan birida noyob turdagi kiyik topildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2023
Obuna bo‘lish
Hozirda kiyikning qaysi turga mansub ekanligi, ushbu hududga qanday kelib qolgani va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, “Dehqon” mahallasida yashovchi fuqaro xonadonida kiyikning noyob turi va uning bolasi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Ekologiya vazirligi ishchi guruhi va “Bobotog‘” milliy tabiat bog‘i xodimlari tomonidan kiyik va uning bolasi vaqtinchalik Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.
Hozirda kiyikning qaysi turga mansub ekanligi, ushbu hududga qanday kelib qolgani va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0