https://oz.sputniknews.uz/20230611/qoraqalpogiston-buxoro-bugusi-brakoner-35887288.html
Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi
Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlash orqali huquqbuzar tomonidan tabiatga 99 million so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
2023-06-11T17:36+0500
2023-06-11T17:36+0500
2023-06-11T17:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qoraqalpog‘iston
hayvonot olami
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1345/48/13454861_0:70:1152:718_1920x0_80_0_0_d0284982214e2f610834e346f3ad41c3.jpg
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.Bugun, 11-iyun kuni soat 05:30 da Qoraqalpog‘istondagi Quyi Amudaryo biosfera rezervati inspektorlari tomonidan Xalqaro Qizil kitob va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi.Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati inspektorlariga rezervatning Jumurtov bo‘limi o‘tish zonasi fermer xo‘jaligi hududida o‘q ovozi eshitilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovchisi tomonidan protsessual tartibda ikki dona ov miltig‘i, bir dona Buxoro bug‘usi tana qismlari rasmiylashtirib olingan.Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ish prokuraturaga yuborilgan.Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, “Dehqon” mahallasida yashovchi fuqaro xonadonida kiyikning noyob turi va uning bolasi saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1345/48/13454861_0:0:1152:864_1920x0_80_0_0_ef96d7e3fe3a564ff218723e42e5d576.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qoraqalpog‘iston buxoro bug‘usi brakonyer
qoraqalpog‘iston buxoro bug‘usi brakonyer
Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi
17:36 11.06.2023 (yangilandi: 17:48 11.06.2023) Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlash orqali huquqbuzar tomonidan tabiatga 99 million so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
xabar berdi. Bugun, 11-iyun kuni soat 05:30 da Qoraqalpog‘istondagi Quyi Amudaryo biosfera rezervati inspektorlari tomonidan Xalqaro Qizil kitob va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati inspektorlariga rezervatning Jumurtov bo‘limi o‘tish zonasi fermer xo‘jaligi hududida o‘q ovozi eshitilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Inspektorlar voqea joyiga yetib borishganida oq rangli “Matiz” avtomashinasi chiqib ketganligini aniqlashgan. Ular mashina izidan quvib, Gurlan tumani Dehqonobod MFYgacha borishgan. Huquqbuzarning mashinasida qoplar borligi, ularga esa bir dona Buxoro bug‘usining bo‘laklangan jasadi solingani ma’lum bo‘lgan. Brakonyer qo‘lga olingan.
Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovchisi tomonidan protsessual tartibda ikki dona ov miltig‘i, bir dona Buxoro bug‘usi tana qismlari rasmiylashtirib olingan.
Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlash orqali huquqbuzar tomonidan tabiatga 99 million so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ish prokuraturaga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, “Dehqon” mahallasida yashovchi fuqaro xonadonida kiyikning noyob turi va uning bolasi saqlanayotgani
ma’lum bo‘lgan edi.