O‘zbekiston to‘rt oyda eng ko‘p Rossiyadan muzqaymoq import qildi

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston to‘rt oyda eng ko‘p Rossiyadan muzqaymoq import qildi
O‘zbekiston to‘rt oyda eng ko‘p Rossiyadan muzqaymoq import qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2023
Obuna bo‘lish
Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 190 tonnaga oshgan.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 7 ta xorijiy davlatlardan qiymati 2,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 190 tonnaga oshgan.
2023 yilning 4 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan (330 tonna) muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari import qilingan.
Shuningdek, Qozog‘istondan 127,2 tonna, Qirg‘iz Respublikasidan 16,4 tonna, Litvadan 8,6 tonna, Fransiyadan 7,4 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari import qilingan.
Yangiliklar lentasi
0