Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Oshqozon kichraytirish amaliyoti qanday hollarda tavsiya etiladi?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishOshqozon kichraytirish amaliyoti qanday hollarda tavsiya etiladi?
Oshqozon kichraytirish amaliyoti qanday hollarda tavsiya etiladi? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2023
Obuna bo‘lish
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilga borib, Yer yuzi aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. So‘nggi vaqtlarda oshqozon qisqartirish amaliyoti orqali semizlikdan qutilish ommalashib borapti. Ushbu jarrohlik operatsiyasi qanchalik xavfsiz? U qanday hollarda tavsiya etiladi?
Shu kabi savollarga akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Shuhrat Hoshimov javob berdi.
“Cyemizlikka chalingan bemorlarning ko‘pchiligi bugun parhez tutish, sport bilan shug‘ullanish kabi tabiiy ozish usullaridan ko‘ra, tezroq natijaga erishish va muammodan qisqa muddatda xalos bo‘lishni ma’qul ko‘rmoqda”, - deydi mutaxassis.
Ta’kidlanishicha, jahon tibbiyoti uchun bariatriya, ya’ni oshqozon, ichak yoki ikkalasini birga xirurgik o‘zgartirish amaliyoti yangilik emas.
Qayd etilishicha, oshqozonning kattaligi semizlikka asosiy sabab emas. Ortiqcha vaznning yuzaga kelishiga bir necha omillar sabab bo‘ladi. Ya’ni kamharakatlik, turli zararli odatlar, qandli diabet, depressiya, stress, psixonevrologik o‘zgarishlar oqibatida ko‘pincha insonda semirish kuzatiladi. Shuningdek, gormonal o‘zgarishlar va gormon dorilarni qabul qilish ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.
“Tibbiyotda semizlik turli darajalarga bo‘linadi. Tana vazni indeksi 30 dan 35 gacha bo‘lsa, birinchi, 35-40 gacha ikkinchi, 40 dan tepasi uchinchi darajali hisoblanadi. 40 dan yuqori bo‘lganda 16-60 yosh oralig‘idagi bemorlarga jarrohlik yo‘li bilan ozish tavsiya qilinadi”, - dedi mutaxassis.
Shuningdek, tana indeksi 35 dan yuqori va qandli diabet, gipertoniya, osteoxondroz, qonda lipidlar miqdorining balandligi, yurak ishemik hamda artroz kabi yondosh xastaliklar bo‘lganda ham mazkur amaliyotni o‘tkazish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, bundan tashqari, ozishga tabiiy choralar foyda bermaganda ham bu muolaja usuliga murojaat qilinadi. Bariatrik jarrohlikdan so‘ng bemorlar sezilarli va tez vazn yo‘qotadi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilga borib, Yer yuzi aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin. Eng yomoni, bu kasallik nafaqat kattalar, balki yoshlar orasida ham keng tarqalmoqda.
Yangiliklar lentasi
0