O‘zbekiston va O‘mon bellashuvini qayerda onlayn tomosha qilish mumkin?

© unsplash.com/Glenn Carstens-Peters Televizor pulti, arxiv surat
 Televizor pulti, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentning Bunyodkor stadionida futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri doirasida O‘zbekiston va O‘mon o‘yini bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Ertaga, yakshanba kuni “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri doirasida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari O‘mon terma jamoasiga qarshi bellashuv olib boradi.
O‘yin soat 20:30 da bo‘lib o‘tadi va SPORT telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Futbol bo‘yicha “CAFA Nation’s Cup” xalqaro turniri shu yilning 10-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirda Markaziy Osiyo mamlakatlari: O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, shuningdek, O‘mon, Eron hamda Afg‘oniston mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0