https://oz.sputniknews.uz/20230610/abu-rayhon-beruniy-xalqaro-kimyo-olimpiada-35871550.html
O‘zbekistonda ilk bor Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi
O‘zbekistonda ilk bor Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Xiva shahrida 11-17 iyun kunlari birinchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
2023-06-10T10:03+0500
2023-06-10T10:03+0500
2023-06-10T10:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xiva
o‘quvchilar
olimpiada
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25552237_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_be945308f1cf03614722c2378b64b12d.jpg
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi, deya xabar berdi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.Xiva shahrida 11-17 iyun kunlari birinchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Unda 15 mamlakatdan 130 nafar kimyo fanidan bilimdon o‘quvchilar ishtirok etadi.Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman Sultonligi, Gruziya, Turkmaniston kabi Davlatlaridan kelayotgan 130 nafar maktab o‘quvchilari bilan birgalikda O‘zbekiston sharafini 16 nafar o‘quvchi himoya qiladi.O‘quvchilarning bilimini baholash uchun 7 nafar Xalqaro hakam jalb qilingan. Shuningdek, olimpiadada faxriy mehmonlar, professorlar yosh bilimdonlar uchun mahorat darslari ham tashkil etiladi.Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasini o‘tkazishdan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarini aniqlash va qo‘llab–quvvatlashdan iborat.Ma’lumot uchun, Abu Rayhon Beruniy Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarga oid qomusiy asarlar muallifi. U O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan.
o‘zbekiston
xiva
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25552237_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f31a35c7bb8f6051e51a08552d8676a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xiva abu rayhon beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi
o‘zbekiston xiva abu rayhon beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi
O‘zbekistonda ilk bor Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi
Xiva shahrida 11-17 iyun kunlari birinchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkaziladi, deya xabar berdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Xiva shahrida 11-17 iyun kunlari birinchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Unda 15 mamlakatdan 130 nafar kimyo fanidan bilimdon o‘quvchilar ishtirok etadi.
Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman Sultonligi, Gruziya, Turkmaniston kabi Davlatlaridan kelayotgan 130 nafar maktab o‘quvchilari bilan birgalikda O‘zbekiston sharafini 16 nafar o‘quvchi himoya qiladi.
O‘quvchilarning bilimini baholash uchun 7 nafar Xalqaro hakam jalb qilingan. Shuningdek, olimpiadada faxriy mehmonlar, professorlar yosh bilimdonlar uchun mahorat darslari ham tashkil etiladi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasini o‘tkazishdan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarini aniqlash va qo‘llab–quvvatlashdan iborat.
Ma’lumot uchun, Abu Rayhon Beruniy Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarga oid qomusiy asarlar muallifi. U O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan.